So’nggi yangiliklar

02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  2 01:50BALLON D'OR-2025  100 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  10 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  20 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  12 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  39 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  12

Abdulla Abdullaev: "Hokim kubogi" bahslari shiddatli va murosasiz o'tishiga ishonaman" Yangiliklar

Abdulla Abdullaev: "Hokim kubogi" bahslari shiddatli va murosasiz o'tishiga ishonaman"

"Bunyodkor" jamoasi "Hokim kubogi" musobaqasida ishtirok etish uchun Farg'ona shahriga etib keldi.

Qishki o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasidan o'rin olgan mazkur turnir jamoaga yangi mavsumga tayyorgarlik vazifasini o'taydi. Biz esa musobaqa boshlanishi oldidan "Bunyodkor"ning mahoratli yarim himoyachisi Abdulla Abdullaevning fikrlari bilan qiziqdik.

"5 yanvar sanasidan boshlab qarorgohimizda yig'ildik va mashg'ulotlarni boshladik. Dastlabki kunlarda ko'proq tiklanish mashqlariga etibor qaratildi. Boisi, jamoa tanaffusdan qaytgan, sport formasiga kirib olish uchun esa tiklanishga qaratilgan mashg'ulotlar zarur hisoblanardi. Ha, jamoada o'zgarishlar ko'p. Tarkibga yangi futbolchilar ham jalb qilindi. Tezroq chiqishib ketishga harakat qilyapmiz. 

"Hokim kubogi" bahslari shiddatli va murosasiz kechishiga ishonaman. Nega deganda, vodiy jamoalariga qarshi ularning uyida to'p tepishning o'ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Tojikiston, Qirg'iziston klublariga kelsak, bunday raqiblar bilan o'yinlar tajriba oshirish uchun xizmat qiladi. CHunki, jamoalar bir-birlarini bilmagan holda maydonga tushishadi. SHunisi bilan ham musobaqa qiziq o'tadi, deb o'ylayman. 

Joriy yilda ham maqsadimiz o'zgarmaydi. Sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritish va OCHLga yo'llanma olish uchun kurashamiz",- deydi Abdulla Abdullaev.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика