So’nggi yangiliklar

22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  0 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  1 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  35 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  47 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  2 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  2 19:53"Парма" ҳужумчиси Англиянинг учта клуби эътиборига тушди  1 19:30Терма жамоа дарвозабони, Қосимовни ютган мураббий, 21 ёшли футболчи — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари   6 19:13Тўрақулов, Искандеров, Ҳожимирзаев, Сергеев ва бошқалар... Суперлига 23-тур рамзий терма жамоаси  2 18:50Ўзбекистон Озарбайжон билан биргаликда Жаҳон чемпионатига мезбонлик қилади!  17 18:36"Арсенал" Сакага ҳафтасига 322 000 евро тўлашга тайёр  3 18:08Жиру: "Европа Лигаси биз учун жуда муҳим"  1 17:40Ла Лига "Атлетико" – "Реал" учрашувида янграган ҳақоратомуз сўзларни қоралади  0 17:12Артета: "Дарвозани дахлсиз сақлаганимиздан жуда хурсандмиз"  0

Abdulaziz Yusupov: “Baklanov penaltini qaytarib ruhiyatimizni ko'tarib yubordi” Yangiliklar

Abdulaziz Yusupov: “Baklanov penaltini qaytarib ruhiyatimizni ko'tarib yubordi”

O'zbekiston Kubogining 1/8 final doirasidan o'rin olgan “Navbahor” – “Qo'qon-1912” (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar azosi Abdulaziz Yusupovning fikrlari bilan qiziqdik.

-  Kechagi uchrashuvda yaxshi o'ynadik. Barcha jamoadoshlarim o'zlarini ko'rsatishib, g'alaba uchun ko'p ter to'kishdi. Ochig'i, bellashuvdan oldin ijobiy natijaga erishishimizga ishongandik. Sababi, bosh murabbiyimiz Murod aka Ismoilov bizni o'yinga ajoyib ruhda va to'g'ri taktika asosida tayyorlagan edi. Futbolchilar o'z vazifalarini to'laqonli bajarishdi va biz Namangandan g'alaba bilan qaytdik.

Pishur penaltidan gol urganida g'alaba qozona olarmidik? Bilmadim. Anig'i shuki, o'yin boshqacha ko'rinish olardi. Lekin jamoamizning tajribali darvozaboni Andrey Baklanov penaltini qaytarib, nafaqat o'zining, balki bizning ham ruhiyatimizni ko'tarib yubordi. SHundan so'ng futbolchilarda o'ziga bo'lgan ishonch ortib, mehmonda g'alaba qozondik.

Safardagi uchrashuvda g'alaba qozongan bo'lsakda, hali hech narsa hal bo'lgani yo'q. Javob bahsiga ham jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'ramiz va albatta g'alaba uchun o'ynaymiz.

Furqatbek Nishonov

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика