So’nggi yangiliklar

04:35Ла Лига. "Атлетико" илк турдаёқ камбэк қурбони бўлди  3 04:30Италия кубоги. "Милан" қийинчиликсиз "Бари"ни мағлуб этди  1 01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  2 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10 23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  0 22:42Максим Шацких: "Менимча, айрим футболчиларимиз ҳали ҳамон фикри ҳаёли билан Про Лигада"  18 22:35Суперлига. “Қўқон-1912” — “Сурхон” 2:0  0 22:26АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди  34 22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  12 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  1 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  71

Abdulatif Abduqodirov: “Qizilqum”ni ahillik evaziga yutdik” Yangiliklar

Abdulatif Abduqodirov: “Qizilqum”ni ahillik evaziga yutdik”

Oliy liganing 15-turidan o'rin olgan “Andijon” – “Qizilqum” bahsi mezbonlar foydasiga hal bo'ldi.
Uchrashuvdagi dastlabki gol muallif Abdulatif Abduqodirov shu kuni o'z tug'ilgan kuniga o'zi ajoyib sovg'a qildi desak mubolag'a bo'lmas. Birinchi liga ishtirokchisi “NBU-Osiyo”dan davralar oralig'ida “Andijon”ga kelib qo'shilgan 27 yoshli hujumchi muxlislarda yaxshi taassurot qoldirishga urinmoqda. Uchrashuvdan so'ng Abduqodirov bilan qisqacha suhbatlashdik.

- Avvalo jamoangizning bugungi muhim g'alabasi bilan tabriklaymiz. O'yin haqida nima deysiz?
- Tabrik uchun rahmat. Bilasizmi hayotda hech bir narsaga osonlikcha erishilmagani kabi, bugungi g'alabaga ham engil erishdik deb o'ylamiman. Garchi raqibni mag'lub etgan bo'lsakda, qiyin bo'ldi. Oldimizda boshqa yo'l yo'q edi. Faqat g'alabani o'ylab tushgandik. Boshqacha aytganda, uch ochko suv va havodek zarur edi.

- Oldingi turda “Paxtakor”dan uchralgan mag'lubiyat, bugungi o'yin oldidan ruhan o'z tasirini o'tkazmadimi?
- Yo'q, asosiy etiborni g'alabaga qaratgandik. CHunki bizni faqat uch ochko qoniqtirardi. “Paxtakor”ni ham yutsak bo'lardi deb o'ylayman. Biroq ayrim sabablar bunga yo'l qo'ymadi.

- Bugungi g'alaba ko'proq nimani evaziga erishildi deb o'ylaysiz?
- Birinchi navbatda, murabbiylarning to'g'ri ko'rsatmalari tufayli. Qolaversa ahillik ham asosiy o'ringa chiqadi. CHunki bugungi o'yindan oldin barcha yigitlar bilan g'alaba to'g'risida o'ylab, ahil bir oila kabi yuqori suratda tayyorgarlik ko'rgandik.

- Tug'ilgan kuningizda gol urishingizni kutganmidingiz?
- Yo'q, buni kutmagandim. Lekin maydonga gol uraman deb chiqqandim. CHunki hujumchining vazifasi raqib darvozasiga yo'l topa bilish.

- Birinchi davrani “Andijon”da o'tkazgan ukangiz Alisher Azizov bugun “Qizilqum” zaxira o'rindig'idan joy oldi. Atingchi ukangizga qarshi o'ynashni qanchalik istagandingiz?
- Ukam o'ynaganda, bizga yanada qiyin bo'lardi deb hisoblayman. Ilgari yoshlikda bir-birimizga qarshi o'ynagan paytlar bo'lgan. Alisherning o'yinida ko'p narsa bor. Lekin huquqiy jamoasi “Paxtakor” negadir ishonch bildirmayapti. To'g'risini aytganda, Alisherni o'zimdan kuchli deb bilaman.

- Andijonlik muxlislar haqida taassurotlaringiz qanday?
- Oldindan shuni bilardimki, vodiyda, ayniqsa Andijonda ishqibozlik yuqori darajada ekanligin. Ular bugungi o'yinda ham bizni tinimsiz qo'llab-quvvatlab turdi. Buning uchun barcha sevimli ishqibozlarimizga minnatdorchilik bildirib qolaman. Nasib qilsa ularni kelgusi bahslarda ham g'alabalar bilan xursand qilamiz degan umiddaman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика