So’nggi yangiliklar

22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  0 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  3 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  1 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  55 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  7 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  33 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9 15:18Бунақаси Месси фаолиятида биринчи марта юз берди  22 14:43Воҳа дербиси олдидан "Машъал"да катта йўқотишлар  3 14:15"Ювентус" узумзор акс этган формасини тақдим этди  2

Abdul Aziz Yusupov: "Lokomotiv"dan taklif tushganida ko'p o'ylab o'tirmadim" Yangiliklar

Abdul Aziz Yusupov: "Lokomotiv"dan taklif tushganida ko'p o'ylab o'tirmadim"

Yangi mavsum arafasida "Lokomotiv" tarkibiga bir nechta yangi futbolchi kelib qo'shildi.

SHulardan biri o'tgan yilni "Surxon"da o'tkazgan Abdul Aziz Yusupov. Hujumchi "Loko" futbolchisi sifatida klub matbuot xizmatiga dastlabki intervyusini berdi. 

- Abdul Aziz, "Lokomotiv" oilasiga xush kelibsiz! Bu jamoaga o'tish qanday yuz berdi?

- Mavsum yakuniga etgach, bir nechta klublardan taklif tushdi. Men esa "Lokomotiv" variantini tanladim. CHunki "Loko" uch bor O'zbekiston chempioni bo'lgan hamda har yili Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etib keladi. Menda ham OCHLda to'p tepish istagi kuchli edi, shu bois "Loko"ni tanladim. 

- Taklif bo'lishi bilan tez qaror qabul qildingizmi? 

- "Lokomotiv"dek kuchli jamoadan taklif tushganida ko'p o'ylab o'tirmaysiz. Juda ko'p futbolchilar shu jamoada o'ynashni xohlaydi. CHunki baribir kuchli va professional klub. Qolaversa bu jamoaga o'tishimda oldin birga o'ynagan do'stlarim Jamshid Iskanderov bilan Davron Hoshimovning borligi katta rol o'ynadi. 

- Tug'ilgan kuningizni nishonlash Abu Dabidagi yig'inga to'g'ri keldi. Oldin ham chetda nishonlaganmisiz? 

- Bir marta shunday bo'lgandi. O'zbekiston U-20 terma jamoasi bilan Dubayda nishonlagandim. Bu yil ikkinchi bor takrorlandi. 

- Abu Dabi yig'ini qanday o'tyapti? 

- Taassurotlar zo'r. Mehmonxonadagi sharoit, maydon, xullas hammasi joyida va mashg'ulot o'tkazishda hech qanday kamchilik ko'rinmayapti. Mashg'ulotlar yaxshi bo'lyapti, hamma tinim bilmay mehnat qilyapti. Boshida biroz qiyin bo'ldi, lekin yig'inda hech kimga oson bo'lmagan, buni hamma biladi. Mashg'ulotlar paytida asosiy etibor jismoniy holatni tiklash va taktikaga berilyapti. Faqat yugurish bilan futbol o'ynab bo'lmaydi, aql bilan o'ynash kerak. Murabbiylar bizga har tomonlama o'rgatishyapti. 

- O'tgan yil "Surxon" tarkibida Superligada 8ta gol urdingiz. Bu yil niyat qanday? 

- O'tgan yil ko'proq ursam ham bo'lardi. Lekin bazi vaziyatlarda omad kelmadi. Albatta, men ham boshqa hujumchilar kabi ko'p gol ursam deyman. Nasib qilsa bu mavsum "Lokomotiv"da ko'proq to'p kiritaman. 

- Sizningcha, 21 yanvar kuni bo'lib o'tadigan "Istiqlol"ga qarshi bahs (OCHL pley-off) qanday kechadi? 

- Har ikki jamoaga qiyin bo'ladi deb o'ylayman, chunki bu payt bizda ham, ularda ham mavsum boshlanmagan bo'ladi. Hozir bor etiborimiz shu o'yinga qaratilgan va g'alaba qozonib muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. O'yin boshidagi hayajonni tezroq engib olsak qolgani oson kechadi deb o'ylayman.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика