So’nggi yangiliklar

15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  0 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  17 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  1 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   12 09:15Моддий манфат йўлида EЧЛ 25 йиллик ҳамкорликдан сўнг "Adidas" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  2 08:46"Агар очколарни йўқотсак, ҳамма нарса тугайди". Гвардиола — "Вест Хэм"га қарши ўйин ҳақида  3 08:20Португалия терма жамоасининг жаҳон чемпионати учун меҳмон либослари суратлари пайдо бўлди  3

Abdujamol Isroilov: "Jarohatdan so'ng futbol bilan xayrlashish hayoliga ham bordim. "Neftchi"dan hech qanday taklif bo'lgani yo'q" Yangiliklar

Abdujamol Isroilov: "Jarohatdan so'ng futbol bilan xayrlashish hayoliga ham bordim. "Neftchi"dan hech qanday taklif bo'lgani yo'q"

Futbolchining birinchi raqamli dushmani jarohat ekanligi barchamizga ayon bo'lib kelayotgan haqiqatdir.

"Navbahor" jamoasi futbolchisi Abdujamol Isroilov ham o'tgan mavsumni jarohat sabab o'tkazib yuborishiga to'g'ri keldi. Hozirda sport formasiga qaytayotgan mahoratli yarim himoyachini suhbatga chorlash asnosida hozirgi holati haqida ham malumot oldik.

- Jarohatdan so'ng tiklanish jarayoni qanday ketmoqda? Joriy yilgi mavsumda sizni yashil maydonda ko'ramizmi?

- Etibor uchun rahmat. Jarohat olganimga qaramay muxlislar yolg'izlatib qo'yishmadi. Deyarli har kuni telefon orqali sog'limdan xabar olib turishdi. Tiklanish jarayoni asta-sekin oylar davomida olib borildi. Xudoga shukur oyog'im hozirda avvalgidan ancha yaxshi. Mashg'ulotlar orqali sport formamni tiklashga harakat qilmoqdaman. 

- Futbolni ichidagi insonga qaraganda chetdan nazar tashlagan odam malum bir fikr bildira oladi. Qariyb bir yildan oshiq vaqt mobaynida "Navbahor"ning o'yinlarini maydon tashqarisida kuzatishingizga to'g'ri keldi...

- Ha, jamoa ishtirokidagi uchrashuvlarni tomoshabinlar qatorida ko'rishga majbur bo'ldim. Ishoning bu men uchun juda ham qiyin edi. "Navbahor" mavsumni juda yaxshi boshlagandi. Ko'p futbolchilarning kasallikka chalingani chempionatning eng qizigan pallasiga to'g'ri kelib qoldi. Lekin menga jamoaning so'nggi turlarda namoyish qilgan o'yini maqul keldi. 

- Ruhiy tushkunlikka tushish holati bo'lmadimi? 

- Avvaliga yashil maydonga qaytish xohishi kuchli edi. Davolanish cho'zilganga yarasha ishtiyoq ham borgan sari so'nib bordi. Hattoki, bir necha bor futbol o'ynamayman degan paytlarim ham bo'ldi deya olaman. SHunday qiyin pallada oila azolarimga, men bilan birga bo'lgan Farhod akaga va klub rahbari Otabek akaga rahmat aytaman.

- Jarohat olgan, tiklana olmagan yoki shuning ketidan futbolni tark etgan futbolchilar bilan gaplashganimizda O'zbekistonda jarohatni davolash qiyin ekanligini, tiklanish va reabilitaciya yaxshi yo'lga qo'yilmaganligini aytishadi. Mana siz ham shuni boshingizdan o'tkazdingiz, bu borada klub amaliy yordam berdimi? Yuqoridagi fikrlarga munosabatingiz qanday?

- Rostdan ham bizda jarohat olganingizdan so'ng uni davolash qiyinligini ko'rdim. Buni boshimdan o'tkazib bildim. Reabilitaciya haqida gapirmasa ham bo'ladi. Nima qilishingizni bilmay yuraverasiz. Xuddiki siz bilan hech kimning ishi yo'qdek. Klubimiz menga nima kerak bo'lsa barchasini qilib berdi. Ularga yana bir bor minnatdorchilik bildiraman.

- Andrey Kanchelskisning etirofiga sazovor bo'lgan kam sonli futbolchilardan birisiz. Uning qo'l ostida o'zingizning eng yaxshi o'yinlaringizni o'tkazdingiz...

- Andrey Antanasovich bilan qisqa vaqt ishlagan bo'lsamda o'ziga hos rohatlandim. CHunki, u menga ishonardi. Futbolda murabbiyning ishonchi birinchi o'rinda. Yuqori darajaga chiqishim uchun o'zimda motivaciya bor. Qolgani xudodan. Nasib qilsa yuqori saviyada o'ynab ketaman. Muhimi ishonch bor.

- Mish-mishlarga qaraganda sizga sobiq jamoangiz "Neftchi" qiziqish bildirayotgan ekan. Klubdan taklif oldingizmi?

- "Neftchi"ning kuchli jamoa sifatida shakllanishni boshlgani xursand qilmoqda. Xudo xohlasa farg'onalik muxlislar uchun katta futbol qaytadi. Taklifga keladigan bo'lsak, yo'q klubdan hech qanday chorlov olmadim. Hech kim bilan aloqaga chiqmadik. 

- Bu yilgi mavsumni "Navbahor"da o'tkazishingiz qanchalik aniq?

- Bugundan yig'inga kirishdik. Yaqin kunlarda bu borada gaplashib olamiz va bir qarorga kelamiz. Muxlislar bu yil kuchli "Navbahor"ni ko'rishadi. Jamoaning o'tgan mavsum oxirida ko'rsatgan o'yinlari gapimga isbotdir. Ishqibozlar qiyin vaziyatda ham qo'llab-quvvatlashda charchashmasin.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика