Abbosbek Fayzullaev - Osiyoda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi!
29 okt 2024 17:23
Yangiliklar
Abbosbek Fayzullaev - Osiyoda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi!
Ayni damda Seul shahrida OFK yilning eng yaxshilarini aniqlash marosimini o'tkazmoqda.
O'zbekistonlik futbol ishqibozlari uchun quvonarlisi, terma jamoamiz azosi Abbosbek Fayzullaev qitaning eng yaxshi yosh futbolchisi deb tan olindi!
Malumot uchun, ushbu sovrin uchun Abbosbek Fayzullaevdan tashqari Gaku Nakavata (Yaponiya) va Bae Jun Xo (Janubiy Koreya, "Stok Siti") nomzodlar qatorida ko'rsatilgandi.

Eslatib o'tamiz, Fayzullaev ushbu mavsum Qatarda bo'lib o'tgan U-23 Osiyo Kubogi va Olimpiadada ishtirok etdi. Bundan tashqari vinger O'zbekiston terma jamoasi safida hamda Moskvaning CSKA jamoasi tarkibida muxlislarni o'yinlari bilan xushnud etdi.
O'z navbatida biz "Championat.asia" tahririyati va o'quvchilari nomidan Abbosbekni tabriklab, keyingi faoliyatida yutuqlar tilab qolamiz!

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar