Abbosbek Fayzullaev: "Hissiyotlarni tasvirlab bera olmayman"
06 iyu 00:46
Yangiliklar
Abbosbek Fayzullaev: "Hissiyotlarni tasvirlab bera olmayman"
JCH-2026 saralashida BAAga qarshi o'yindan keyin O'zbekiston termasi futbolchisi Abbosbek Fayzullaev fikrlarini bildirdi.
- Hissiyotlarni tasvirlab bera olmayman. Yoshligimizdan jahon chempionatiga chiqishni orzu qilardik. Televizor orqali ko'rib, doimo duo qilardik. Shu maqsadda katta bo'lgandik va bunga erishganimizdan xursandmiz.
- O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qo'ng'iroq qilibdilar, sir bo'lmasa nima dedilar?
- Muhtaram Prezidentimiz qo'ng'iroq qilib, tabrikladilar. Ularga katta rahmat aytaman, bizga juda katta etibor bermoqdalar. Bu o'z samarasini berdi. O'zbekiston xalqini tabriklayman. Halqimiz jahon chempionatiga loyiq edi, ular ancha kutishdi. Bu ishni tez amalga oshirganimizdan xursandmiz, - dedi futbolchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar