So’nggi yangiliklar

15:10"Манчестер Сити" Эдерсонга ўринбосар топди  0 14:29"Байер" Вирцни қўйиб юбормоқчи эмас  0 14:00Али Дайининг бенефиси, Абрамовнинг охирги бекати ва "Озоди"даги ягона ғалаба. Эрон билан аввалги ўйинларда қандай натижалар қайд этилган?  19 13:50Милан Шкриньяр қишдаёқ ПСЖдан кетиши мумкин  0 13:31"Персеполис" клуби бугун Ўзбекистон - Эрон учрашувида майдонга тушадиган футболчини судга берди  0 13:13Юсупов 2400 километрни машинада босиб ўтди, Ҳиндистон клуби мусобақадан четлатилди, Тожикистон клуби 2 кун энг тинч мамлакатлардан бири Эронда қолиб кетди...  6 12:39"Ювентус"дагилар Погба клубдан кетишини тасдиқлашди  0 12:20Роналду "Ал Насср" раҳбарлари билан учрашди  4 11:58Бобоси томонидан исми ўзгартирилган, волейбол терма жамоасига чақирилган ҳамда ўзбекистонлик мутахассис кашф этган Сардор Азмун билан яқиндан танишамиз  2 11:38Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйин учун тахминий таркиби  24 11:23"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Сойибов Комроншоҳ  0 10:58"Реал Мадрид"нинг келаси ёздаги асосий трансфер мақсади маълум  2 10:27Goal нашри тен Хаг давридаги МЮнинг энг яхши трансферлар рейтингини тузиб чиқди  4 09:55Кевин де Брюйненинг навбатдаги клуби деярли маълум  2 09:29"Барселона" ҳали ҳам Левандовски трансфери бўйича еттита клубдан қазрдор  8

A Seriya transferlari haqida Yangiliklar

A Seriya transferlari haqida

Teglar :  A Seriya
Qishki transfer oynasi ortda qoldi.

Italiyada ham bir qator etiborga loyiq transferlar amalga oshirildi. Jamoalar o'zlari uchun kerakli nuqtalarga futbolchilar xarid qilishdi. Xo'sh, kim qaysi futbolchini qanday maqsadda olib keldi? Bazi transferlarni tahlil qilishga urinib ko'rdik.


Dushan Vlaxovich "Yuventus"

Mavsum starti ko'rsatdiki, "Yuventus"ga muntazam ravishda gol uradigan markaziy hujumchi juda ham zarur. Morata-Kin juftligi 8ta gol urishga erishdi, "Fiorentina"ning endi sobiq hujumchisi esa 21 o'yinda 17ta gol urishni uddaladi. Etibor bering bunday natijani Dushan "fialkalar" safida urdi. O'tgan mavsum ham u 21ta gol bilan "Fiorentina"ga juda katta yordam bergandi.

Vlaxovich "Yuventus"ga 75 million evroga tushdi, bir tomondan olib qaralsa, aqlbovar qilmas narx, ammo boshqa tomondan "keksa sinora" dunyoning eng umidli forvardlaridan birini qo'lga kiritdi, ustiga-ustak u A Seriyani ham yaxshi biladi. Bu vaziyatda faqatgina Vlaxovichning biroz cheklangan forvard ekanligi o'ylantirmoqda, lekin u endigina 22 yosh. Massimiliano Allegri esa futbolchilarni o'sishiga, kuchayishiga kerakli ishlarni qila oladigan mutaxassislardan hisoblanadi. Nima bo'lganda ham transferdan ko'p narsa kutilmoqda.


Denis Zakariya "Yuventus"

"Borussiya Menxegladbax" futbolchisi xizmatlariga APLning etakchi klublari qiziqish bildirgandi, u esa A Seriyaga ravona bo'ldi. U maydon markazida istalgan nuqtada harakat qila oladi, kerak bo'lib qolsa, himoya markazida ham yordam beraveradi. Zakariya jismonan o'ta baquvvat, kurashuvchan va o'yinni yaxshi o'qiydi. Yagona muammo 2020 yilning mart oyidagi jarohatidan keyin Denis oldingi darajasiga chiqa olmayapti. Unga qadar "Borussiya" uni juda katta summaga sotishi taxmin qilingandi, hozir esa futbolchi transferiga bor yo'g'i 9 million to'lashdi.

Tezlik biroz pastroq va ko'proq taktikaga urg'u beriladigan chempionatda futbolchi o'zini yaxshi tomondan ko'rsatishi hamda faoliyatini avvalgi darajaga qaytarishi mumkin. Futbolchining universalligini inobatga olgan holda Allegri uni qaysi rolda ko'rayotgani juda qiziq.


Robin Gosens "Inter"

Gosens oxirgi ikki mavsumda o'ta sermahsul harakat qilmoqda. 22ta gol va 16ta golli uzatma. Bunday statistikaga yarim himoyachi ham, yaxshi bir forvard ham havas qilsa arziydi. Vaholanki Robin chap qanot laterali hisblanadi. U shunchaki Gasperini futboliga mos tushdi va endi Indzagi jamoasiga ko'chib o'tdi. Simone taktikasida ham laterallar muhim o'rin tutadi, faqat murabbiy ulardan boshqacharoq maqsadda foydalanadi. Indzagi jamoasida lateral alohida figura sifatida emas, jamoa hujumini boshlashda, ko'proq to'pni oldinga olib o'tishda faollik ko'rsatishi zarur.

Agar Gosens bunga moslasha olsa, "Inter" chap qanotda juda kuchli kadrga ega bo'ladi. Buning aksi bo'lsa, chap qanotda vaqti-vaqti bilan muammolar bo'lib turishi mumkin. SHunday bo'lsada, bu transfer hali o'z mevasini berishi mumkin, boz ustiga bunday summaga. Gosens keyingi darajaga chiqishga loyiq edi, "Inter" esa bu vaziyatda ideal variantdek edi. 


Artur Kabral "Fiorentina"

"Fiorentina" prezidenti Vlaxovichning aynan "Yuventus"ga ketganidan juda norozi bo'ldi. Jamoa bu vaziyatda juda qiziq o'rinbosar topdi. Kabral ko'pchilikni qiziqtirib qo'ygandi. Ayniqsa mavsumning birinchi qismidagi statistikasidan so'ng. Variantlar ichida "Zenit" va "Barselona" bor edi, ammo endi Vlaxovichni yo'qligini bildirmaslikka harakat qiladi.

Kabral hujumlarni yakunlashda serbiyalikchalik bo'lmasligi mumkin, ammo yakkakurashlarda kuchliroq va hujumni tashkillashtirishda foydaliroq. Yangi strafkerning kuchli va kuchsiz tomonlarini inobatga olib, "Fiorentina"ning o'yin uslubi biroz o'zgarishini kutish o'rinli. Kabral ham yorqin o'yin ko'rsatib, xuddi Vlaxovich kabi ko'p o'tmay top jamoaga yo'l olishi mumkin. "Fiorentina" esa futbolchi sotishni juda yaxshi biladi. Kabraldan tashqari jamoa shuningdek Franciyadan tezkor vinger Ikoneni va Germaniyadan Kshishtof Pentekni olib keldi. SHunday ekan Florenciyada ushbu transfer oynasidan mamnun bo'lishsa arziydi.


Stefano Sensi "Sampdoriya"

Sensining mahorat darajasi qandayligini Evro-2020dan oldin Italiya termasiga chaqirilgani va agar jarohati bo'lmaganida, turnirga borishi mumkinligidan bilib olish qiyin emas. SHuningdek, u chempionlik mavsumida asosan davolanganini ham inobatga olish lozim. Ha, hozir Stefano yig'inga chaqirilgan, Manchinining o'zi yarim himoyachi o'ynashi kerakligini takidlagandi.

Buning uchun Sensi Genuyaga yo'l oladi va agar jarohatlari davom etmasa, u erda yarim himoya markazining asosiy o'yinchisiga aylanishi mumkin. Stefano nihoyat jarohatlaridan butkul sog'aydi deb umid qilamz. Sababi, u eng yaxshi formasida A Seriyaning eng kuchli yarim himoyachilaridan biri bo'la oladi. Jamoaning yangi bosh murabbiyi Marko Jampaolo shunday turdagi futbolchilarni yaxshi ko'rishi va Sensinii "Milan"ning bo'lajak murabbiyi sifatida ko'rishini hisobga olsak, uning "Sampdoriya"dagi o'yinini kuzatish maroqli bo'ladi.


Jovane Kabral "Lacio"

Mauricio Sarri jaxl otiga mingan. Murabbiy "Lacio"ning transfer bozoridagi ishidan norozi. Mister hujumkor futbolchi kutgandi va Aleksey Miranchuk, Antonino Barak va Samuel Verdeni ko'z ostiga olib qo'ygandi. Biroq ulardan hech biri Rimga olib kelinmadi. SHunday bo'lsada, "Lacio"ga "Sporting"dan Jovane Kabral keldi. O'tgan mavsumda vinger o'zini yaxshi tomondan ko'rsata oldi — 5 ta gol va 4 ta golli uzatma. Biroq bu mavsum uning hisobida faqatgina bittadan gol va assist mavjud. Jovane tezkor, texnikasi yuqori, lekin cheklangan va bazan shoshilish oqibatida, tushunarsiz qarorlar qabul qiladi.

Hozircha u Sarri jamoasiga qanday kirishib ketishi nomalum. Hozircha Jovane hech bo'lmasa, zaxiradan maydonga tushib, "burgutlar"ga yordam bera oladigan futbolchi bo'lishini kutish mumkin. Biroq "Sporting"da ham asosiy tarkib futbolchisi bo'lmagan o'yinchining xaridi, savollarga sabab bo'lmoqda.


Serjiu Oliveyra "Roma" 

Ro'yxatdagi boshqa futbolchilardan farqli ravishda Oliveyra "Roma"ga yanvar oyining boshida keldi va 2 ta gol urishga hamda nomiga 2 ta assist yozdirib qo'yishga ulgurdi. "Portu"da futbolchi biroz ko'proq ushlanib qolgandek. SHunday ekan Italiyaga ko'chib o'tish, Serjiuning o'zi uchun ham yangi chorlov. "Roma"ga himoyadan chiqishda va o'yinni o'qishda birdek foydali harakat qila oladigan o'yinchi zarur edi.

Portugaliyalik yarim himoyachi Mxitaryan va Pellegrini bilan tezda til topishib ulgurgandek. Hozircha chindan futbolchi yangi jamoasiga kirishib ketib ulgurdi va foyda keltirishni boshladi. SHuningdek, Oliveyra jarima zarbalarini ham maromiga etkazib amalga oshira olishini takidlab o'tish lozim. SHu ketishda yozda sotib olish borasidagi punkt faollashtiriladi chog'i. "Portu" esa futbolchisidan umid uzib, unga o'rinbosar izlayversa ham bo'ladigandek.


Sergey Rumyancev

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика