So’nggi yangiliklar

00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  0 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  1 23:15Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Черно Море" (онлайн ҳисоб)  20 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  0 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1 19:502024 йил ёзининг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Мавсум улар учун қандай ўтди?   1 19:22"Тоттенхэм" "Арсенал"ни майдон марказидан урилган гол эвазига ютди  0 18:59"Барселона" "Сеул"ни "хоккейча" ҳисобда мағлуб этди  29

A Seriya. Prevyu: Yangi yilning birinchi turida "Roma" - "Torino"ni, "Inter" - "Sassuolo"ni qabul qiladi Yangiliklar

A Seriya. Prevyu: Yangi yilning birinchi turida "Roma" - "Torino"ni, "Inter" - "Sassuolo"ni qabul qiladi

Teglar :  Prevyu A Seriya
Bugun Italiya CHempionatida 20-tur uchrashuvlariga start beriladi. Bugun Osiyo Kubogi o'yinlari yo'q va bemalol evrofutbol tomosha qilishimiz mumkin bo'ladi.

Italiya A Seriyasining navbatdagi turiga start berilmoqda. Kunning ikki muhim uchrashuvlaridan biri Rimda "Roma" va "Torino" o'rtasida bo'lib o'tsa, ikkinchisida "Inter" o'z uyida "Sassuolo"ni qabul qiladi.

Etiboringizga ushbu o'yinlar prevyusini taqdim etamiz.

“Roma” — “Torino”

Birinchi tur yakunlari Rim klubi muxlislarini xushnud etdi. Jamoa 2018 yilni ikkita ishonchli g'alaba ("Sassuolo" (3:1) va "Parma" (2:0) bilan yakunladi. Mavsumning birinchi yarmini omadli bo'ldi deyish qiyin: oxirgi yillardagi eng yomon start, omadsiz uchrashuvlar tufayli bosh murabbiy Di Franchesko ishdan ketishi mumkinligi, yangi futbolchilarning tushunarsiz o'yini, jarohatlar soni ko'pligi va klub 6-pog'onada ekanligi. 2019 yilning rasmiy bahsida jamoa “Virtus” (4:0) ustidan ishonchli g'alabaga erishdi.

"Torino" esa Rimda “Lacio” bilan durang (1:1) o'ynab, mavsumning birinchi yarmini omadli yakunladi. 2019 yil boshini esa omadli boshlandi deyish qiyin. Jamoa uyda “Fiorentina”ga (0:2) hisobda mag'lub bo'ldi. O'sha o'yin jamoa yaxshi formada emasligini namoyon qilib qo'ydi.

Birinchi davra uchrashuvi "Roma" ustidan qozonilgan g'alaba bilan yakunlandi. Ishonchli seriyaga qaramasdan, turinliklar safarda rimliklardan ochko olib qo'yish imkoniyati past.  "Roma" ikkinchi davrada o'yini va natijalarini yaxshilab, CHempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun harakat qiladi.


“Inter” — “Sassuolo”

Milanliklar mavsumni "Benevento" (6:2) ustidan yirik g'alaba bilan boshlashdi. Avvaliga, milanliklar "Yuve"ga qarshi Skudetto uchun bahsda kurasha oladigandek ko'ringan edi. Spaletti shogidlari mavsum yarmini 3-o'rinni egallagan holda tugatishgan edi. Skudettoni qo'lga kirita olmasliklari mumkin. Lekin ikkinchi pog'onani egallash uchun harakat qilib, buning uddasidan chiqishlari mumkin.

Mavsumning birinchi yarmi "Sassuolo" uchun omadli keldi dechak iroz noto'g'ri bo'ladi. Biroq oxirgi o'yinlardagi natijalar — haqiqiy mkvaffaqiyatsizlik. Mavsum yirik hisobdagi mag'lubiyat bilan yakunlandi: uyda "Atalanta" (6:2) bilan bo'lgan bahs. Yangi yilda esa jamoa Kubok doirasidagi o'yinda "Napoli"ga (0:2) ham mag'lub bo'lishga ulgurdi. 

“Sassuolo”ning asosiy muammolardan biri mudofaa bilan bog'liq. Uni zudlik bilan hal qilish kerak. Klub "Lechche" himoyachisi Fabio Luchioni bilan ancha kuchaydi, biroq shuni o'zi etarlimikan?!

Birinchi davrada “Inter” bilan uchrashuda De Dzerbi shogirdlari "neradzurri" ustidan ajoyib g'alabaga erishishdi. "Inter"ga qarshi o'yin "Sassuolo" uchun omadli bo'ladi desak, adashmaymiz. Jamoa so'nggi "Meacca"da bo'lgan 5ta o'yinning 4tasida g'alaba qozondi. 2014 yil yirik hisobdagi (7:0) mag'lubiyatdan keyin milanliklar zafar qucha olganlari yo'q. Bu o'yin bu omadsiz seriyaga yakun yasash uchun yaxshi imkoniyatlari bor.


Nozima Zaripova tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика