So’nggi yangiliklar

01:56Ла Лига. "Барселона" "Хетафе"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Торрес дубл қайд этди  9 01:53А Серия. "Рома", "Аталанта" ва "Интер"да ғалаба  0 01:29Эрон Про лигаси. "Трактор" меҳмонда "Сепахон"ни мағлуб этди, Ҳамробеков захирадан тушди  0 00:20"Андижон" ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади. "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда "Қизилқум" устидан ғалаба қозонди  1 00:10АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" 1:1  0 00:05COPE: Бускетс МЛС мавсуми сўнггида фаолиятини якунлайди  0 23:30Акмал Рустамов: "Ҳакам қоида бузилишини атайин кутди"  19 23:03Максим Шацких: "Биринчи таймда шунча вазият яратиб, гол ура олмасликни қандай изоҳлаш мумкин, билмадим"  6 22:48Рўзиқул Бердиев: "Бизга бугун уч очко жуда зарур эди"  16 22:34АПЛ. "Арсенал" "Манчестер Сити" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди, Ҳусанов жароҳат сабаб бир тайм ўйнади  57 22:14Иван Бошкович: "Рубин Хебайда жароҳат бор"  1 21:25Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Мальорка" билан дуранг ўйнади, мадридликлар ўйинни ўн киши бўлиб якунлашди  3 21:15Ҳакам томонидан қўшиб берилган дақиқаларда Черан томонидан киритилган гол "Насаф"га ғалаба тақдим этди  123 21:02Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" ўз уйида "Аланяспор"ни мағлуб этолмади, истанбулликларнинг ягона голига Шомуродов муаллифлик қилди  17 20:52БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Ғаниев 59 дақиқа ўйнади  1

A Seriya. Ronalduning penaltidan urgan gollari "Jenoa" ustidan g'alaba keltirdi, SHomurodov 73-daqiqada maydonga tushdi Yangiliklar

A Seriya. Ronalduning penaltidan urgan gollari "Jenoa" ustidan g'alaba keltirdi, SHomurodov 73-daqiqada maydonga tushdi

Teglar :  Yuventus Jenoa
Italiya chempionati 11-turidan o'rin olgan Genuyadagi bahs 22:00 da boshlanadi va saytimiz orqali matnli translyaciya qilinadi.

"Jenoa" – "Yuventus" 1:3

Gol: Dibala (57, 0:1), Sturaro (61, 1:1), Ronaldu (78-pen, 1:2), Ronaldu (89-pen, 1:3).

Jenoa – Perin, Masello, Goldaniga, Bani, Pellegrini, Rovella, Lerager, Radovanovich, Sturaro (Bexrami, 66), Pyaca (SHomurodov, 73), Skamakka (Destro, 66).

Yuventus – SHchensni, de Ligt, Bonuchchi, Aleks Sandro, Bentankur, Kuadrado, Rabo (Morata, 67), Makkenni, Keza, Ronaldu, Dibala.

Ogohlantirish: Rabo (2), Goldaniga (15), MakKenni (77), Perin (88), Bani (90+3).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi... "Yuventus"da g'alaba.

90+3. Bani Morataga qarshi fol ishlatdi va sariq kartochka ishlab oldi.

90+1. SHomurodovga qarshi fol ishlatildi. "Jenoa" esa jarima zarbasidan unumli foydalana olmadi.

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

89. Bugun o'yini o'xshamagan Ronaldu ikkinchi marta penaltidan gol urdi...

88. Penalti... Peringa sariq...

87. Eldor ikkinchi qavatdagi kurashda mag'lub bo'lmadi hali. Biroq uni jamoadoshlari qo'llab-quvvatlay olmayapti.

83. Ronaldumisan penaldumisan Eldorga farqi yo'q. Boradida to'pni olib qo'yadi. CHunki u o'zbekda, qiziqqonda)

82. Bentankur Eldordan zarba qabul qilib oldi. SHomurodov havodagi kurashda raqibidan ustun kelgandi.

80. EXXXX!!! Pellegrinining noaniq pasi sababli "Jenoa"ning chiroyli kombinaciyasi buzilib qoldi.

78. GOL! Ronaldu penaltidan unumli foydalandi...76. Penalti! 100 foizlik. Kuadradoni yiqitishdi. Yaqqol penalti edi bu...

73. SHOMURODOV TUSHDI!!! Pyacaning o'rniga Eldor tushdi. Men to'g'ri eshitgan ekanman!

72. PERIIINNNNNNNNN!!!! 2 metrdan Ronaldu boshi bilan zarba berdi. Perindan ajoyib seyv!

70. "Eldor, Eldor" dedi. Eshitdim men. Eldor deb hushtak chalishdi.

68. ZARBAAAAAA!!! Destroning zarbasini SHesni qiyinchilik bilan ushlab oldi.

66. UXXXX!!! Dibala chalqancha uslubda gol urgandi. Offsayd bor edi. Bugun "Yuve"ning uchinchi goli inobatga olinmadi.

64. UXXXXXX!!! Kuadradoning kuchli zarbasi rikoshet hosil qilib, Perinning qo'llariga borib tushdi.

61. GOOOOOOOLLLL!!! Pellegrinining chiroyli pasidan keyin Sturaro o'tkir burchakdan gol urdi!

59. GOL! YO'Q!! Kezaning goli inobatga olinmadi.

57. GOL! Dibala hisobni ochdi.

54. Dibala yiqitildi. "Yuve" yaxshi nuqtadan standart vaziyat.

51. "Yuve" hujumga o'tdi. MakKenni o'zgacha tarzda pas berishga harakat qildi. Biroq himoyachilar vaziyatni o'qishdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Hozircha jamoalar tarkibida o'zgarishlar ko'rinmayapti. Biz esa faqatgina bir insonni kutyapmiz!

- Demak, jamoalar maydonga qaytib chiqishmoqda.

45+1. Dibalaning zarbasini Perin ushlab oldi va taym yakunlandi.

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

44. "Jenoa"ning navbatdagi hujumi Pyacaning offsaydda qolib ketgani sababli to'xtab qoldi.

41. ZARBAAAAAAA!! Ronalduning zarbasini Perin ushlab oldi.

37. EXXXXX!! "Jenoa" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Lekin Pyacaning tezligi pand berdi va u to'pga eta olmadi.

36. UXXXX! Kuadrado burchakdan to'pni uzatdi. De Ligt zarba berishga tayyor edi. To'p Skamakkaning boshiga tegib, maydonni tark etdi.

30. "Yuve"ning navbatdagi hujumi besamar yakunlandi. Raboning Ronaldu tomon oshirgan to'pini Pellegrini markazga tepib yubordi.

28. "Jenoa" ilk marta hujumga o'tdi. Skamakka qanotdan to'pni markazga oshirdi. Biroq darvoza yonida hech kim yo'q edi.

25. MakKennining zarbasi noaniq ko'rinish oldi. "Yuve" juda ham qiynalmoqda. "Jenoa" esa hujum qilmayapti.

23. "Yuve" burchak to'piga ega bo'ldi. Lekin berilgan zarbani himoyachilar qaytarib yuborishdi.

20. UXXXXX!! Ronaldu "Jenoa" jarima maydonchasida paydo bo'ldi va to'pni ortidagi MakKenniga oshirgandi. Biroq Pellegrini to'pni oldinga tepib yubordi.

18. O'yinning dastlabki choragida "Jenoa" yomon o'ynamadi.

15. Raqibiga qarshi qo'pol o'ynagani bois Goldaniga ogohlantirildi.

10. UXXXXXXX!! MakKennining boshi bilan yo'llagan zarbasini Perin qiyinchilik bilan qaytardi.

4. "Jenoa"da jarima zarbasi yuzaga kelgandi. Lekin himoyachilar to'pni oldinga chiqarib yuborishdi.

2. GOL! YO'Q! Bonuchchining goli inobatga olinmadi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI! 

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol muxlislari! Bugun "Jenoa" o'z maydonida "Yuventus"ni mehmon qiladi. Bahsni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика