So’nggi yangiliklar

21:00Миллатлар лигаси. Тўртта ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  0 20:34Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 20:14Ўзбекистон U-20 терма жамоаси 89-дақиқада урилган гол эвазига Аргентина билан иккинчи ўйинда дуранг қайд этди  8 20:05Миллатлар лигаси. Қозоғистон ўз майдонида Словенияга мағлуб бўлди  6 20:02Назорат учрашуви. "Локомотив" ва "Олимпик" ўзаро дуранг ўйнади  0 19:09Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулоти Остон Ўруновсиз ўтди  11 18:39Остон Ўрунов БААга қарши ўйинда майдонга тушмайдими?  11 18:31Германия Нагельсманн билан шартномани узайтирмоқчи  1 17:52Рустам Ашурматов Ўзбекистон МТЖ ихтиёрини тарк этади  5 17:20"Қумқўрғон-1977" Биринчи лигадан четлатилади  2 17:11Фарҳод Нишонов: "Футболчиларим Мессининг олдида "Мессини ёқиб олишди"  2 16:22"Ювентус" "Порту"дан ижарага олинган Консейсау бўйича қарор қабул қилди  1 15:55Эдегор қачон сафга қайтади?  0 15:25"Милан" юлдузи ўзига янги клуб танлади  2 14:58Холанд 2025 йилнинг ёзида испан клубига ўтишга тайёр  2

A Seriya. SHevchenko "Jenoa"dagi debyutida Mourinyu qo'l ostidagi "Roma"ga mag'lub bo'ldi, SHomurodov 75 daqiqa harakatlandi Yangiliklar

A Seriya. SHevchenko "Jenoa"dagi debyutida Mourinyu qo'l ostidagi "Roma"ga mag'lub bo'ldi, SHomurodov 75 daqiqa harakatlandi

Italiya chempionati 13-turidan o'rin olgan bahs tafsilotlarini ushbu sahifada kuzatib ordingiz.

O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor SHomurodov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 75 daqiqa o'ynadi.

Jenoa – Roma 0:2

«Luiji Ferraris»

Gol: Feliks Afena-Gyan 82', 90+4'

Jenoa – Sirigu, Biraski (Flavio Junior, 84), Masello, Sabelli (Gilone, 84), Vaskes, Kambyazo, Badel (Galdames, 90), Rovella, Sturaro (Buksa, 90), Pandev (Ernani, 63), Ekuban.

Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Manchini, Kumbula (Smolling, 87), Rojer, Mxitaryan, Veretu, Pellegrini (Bove, 90+3), SHomurodov (Feliks Afena-Gyan, 75), Abraxam, El-SHaaravi.

Ogohlantirishlar: Kambyazo (32), Veretu (40), Badel (54), Sabelli (78), Feliks Afena-Gyan (81).

Bahs yakuniga etdi. Unda "Roma" "Jenoa"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi uchrashuvlarda g'oyibona ko'rishguncha!

90+4. GOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Feliks Afena-Gyan o'zining aylanma zarbasi orqali darvozani ishg'ol qildi – 0:2!

90+3. "Roma"da almashtirish: Pellegrini o'rniga Bove tushdi. 

90. Ikkinchi taymga 4 daqiqa qo'shildi. 

90. "Jenoa"da 2 ta o'zgarish: Sturaro o'rniga Buksa, Badel o'rniga Galdames o'yinga qo'shildi.

88. Zarbalar bo'yicha statistikada "Roma" dahshatli farq bilan oldinda bormoqda: 1-18!

87. "Roma"da o'zgarish: Kumbula o'rniga Smolling tushirildi.  

86. Nikolo Rovella Lorenco Pellegrinini qo'pollik evaziga maydonga qulatdi.

84. "Jenoa"da 2 ta almashtirish: Biraski o'rniga Flavio Junior, Sabelli o'rniga Gilone tushdi. 

82. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Mxitaryan qoyilmaqom reydni amalga oshirib, Feliks Afena-Gyanni qulay pas bilan taminladi. SHomurodovning o'rniga maydonga tushgan yosh hujumchi esa hisobni ochdi – 0:1!

81. Feliks Afena-Gyan Vaskesga nisbatan qoidani buzdi va ogohlantirish oldi.

78. Stefano Sabelli Ibanesga nisbatan ishlatilgan qo'pollikdan keyin sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.

77. Manchinining Abraxam tomon amalga oshirgan uzatmasiga raqiblar ega chiqishdi. 

75. "Roma"da o'zgarish: SHomurodov o'rniga Feliks Afena-Gyan o'yinga qo'shildi.

71. Zarba!  Sturaroning zarbasidan keyin Patrisiu qiyinchilik bilan bo'lsa-da, to'pni qaytardi.

70. Zarba!  Genrix Mxitaryanning jarima maydoni tashqarisidan bergan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

70. Salvatore Sirigu Lrenco Pellegrinining zarbasini qaytardi. Zarba yaqin masofadan berilganini inobatga olsak, darvozabon yaxshi o'ynadi. 

67. Andrea Kambyaso to'pni ichkariga oshirdi. Ammo to'p himoyachi orqali maydonna tark etdi va mezbonlar burchak zarbasiga ega bo'lishdi.

65. Hozirgi vaqtga kelib, to'p nazorati bo'yicha statistika: 39% – 61%.

63. "Jenoa"da o'zgarish: Pandev o'rniga Ernani maydonga tushdi. 

63. Pellegrinining yaxshi o'ylangan uzatmasi biroz kuchli chiqib qoldi, aks holda, SHomurodovda qulay imkoniyat yuzaga kelishi mumkin edi.   

60. "Jenoa" to'p nazoratini o'z qo'liga olgan. "Roma" hozircha pressing bilan cheklanmoqda. 

57. Rik Karsdorp jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va keskin pasni amalga oshirdi. "Roma" burchak to'pi ishladi.

54. Badel Pellegriniga nisbatan juda qo'pol o'ynadi va haqli ravishda ogohlantirildi.

52. Lorenco Pellegrini burchak zarbasini ijro etdi. To'p ichkariga oshirib berildi, ammo uni himoyachilar uzoqlashtirishdi.

50. Eldor SHomurodov havodan etkazib berilgan to'pni ko'krak orqali Abraxamga uzatishga harakat qildi, himoyachilap reja amalga oshishiga yo'l qo'yishmadi. 

49. Mourinyuga etirozlar uchun sariq kartochka berildi. 

47. Eldor SHomurodov deyarli bir o'zi jarima maydoni ichida  paydo bo'ldi, ammo himoyachilar to'p yo'liga to'g'anoq chiqiishdi.  

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi — 0:0. Tanaffus! 

45. Birinchi taymning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi.

43. Zarba!  Genrix Mxitaryanning olis masofadan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi.

40. Veretu Rovellani oxirigacha taqib qilib bordi va qo'pollik ishlatdi. Hakam uni sariq kartochka bilan jazoladi. 

38. Rovellaning pasidan keyin Abraxam rimliklar foydasiga harakat qilib, to'pni qaytardi. 

37. Eldor SHomurodov havodan o'ziga etib kelgan to'pni boshi bilan Pellegriniga uzatib berishga urindi, ammo to'p Siriguga kelib tushdi.  

36. Rovellaning uzatmasiga Manchini ega chiqdi va to'pni o'z jarima maydonidan uzoqlashtirdi. 

34. Zarba!  Jordan Veretuning zarbasi yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi.

32. Kambyazo juda qo'pol o'ynagani bois ogohlantirildi.

29. Zarbaaaaa!  Stefan El-SHaaravining pasidan keyin Eldor SHomurodov qulay imkoniyatdan foydalana bilmadi, eh. To'p darvoza ustuni tepasidan o'tib ketdi. 

28. Stefano Sabellining uzatmasi himoyachilar tomonidan byuartaraf qilindi.

24. Milan Badel Pellegriniga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

23. Massimiliano Irrati Goran Pandev juda qo'pol o'ynagani bois vaziyatga befarq qaramadi.

19. To'p Siriguga qadar etib keldi. Himoyachi Karsdorp katta tezlik ko'rsatib, darvozabonning oldigacha yugurib keldi. Qoyil! 

18. Zarba!  Abraxamning uzatmasidan keyin SHomurodov chap oyoqda kuchsiz zarba yo'lladi. 

17. Eldor SHomurodov tezkorlik bilan oldinga bordi, biroq yon-atrofda uning jamoadoshlari yo'q edi. To'p oldirildi.

14. Uuuux!  SHomurodovning pasidan so'ng to'p rikoshet orqali Mxitaryanga etib keldi, armanistonlik futbolchi to'pni to'xtatmasdan darvozaga joylab qo'ydi. Ammo afsuski, to'p yo'l-yo'lakay Abraxamning qo'liga tegib ketgani bois dahshatli gol bekor qilindi.

13. Ikki futbolchi ham maydonga qaytdi. Hammasi joyida.

12. Vaskes va Pellegrini o'zaro to'qnashib ketishdi. "Roma" sardoriga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

11. El-SHaaravi chiroyli uslubda raqibni aldab, to'pni jarima maydoni ichkarisi tomon tepdi. To'p himoyachilar tomonidan uzoqlashtirildi. 

10. Ibanes maydon markaziga yaqin hududda Goran Pandevga nisbatan qoidani buzdi.

8. "Jenoa" ishonchli o'yin namoyish qilmoqda. Mezbonlar Eldor SHomurodovning bosimidan so'ng to'pni yo'qotishdi, "aut". 

5. Janluka Manchinining xavfli pasidan keyin himoyachilar sergak ekanliklarini namoyish etishdi.

4. Zarba!  Eldor SHomurodovning bosh bilan bergan zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. Butun Genuya va Rim bilan birgalikda barchamizni hayojonga solgan zarba...

3. Stefan El-SHaaravining jarima maydoni ichiga uzatgan pasiga sheriklari ulgurishmadi.

1. Uchrashuvga start berildi. Omad, Eldor! 

- O'yin Toshkent vaqti bilan 00:45 da start oladi.

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Italiya A Seriyasi 13-turida Eldor SHomurodov to'p tepadigan Rimning "Roma" klubi mehmonda yurtdoshimizning sobiq jamoasi Genuyaning "Jenoa" klubiga qarshi bahs yuritadi. Mazkur o'yinni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика