So’nggi yangiliklar

11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  5 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  6 09:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  0 09:20"Реал Мадрид"нинг 32 ёшли футболчиси жароҳатлар сабаб фаолиятини якунламоқчи  2 08:40"Андижон" бош директори Рубин Хебайнинг жамоага келиши ҳақидаги саволга жавоб берди  5 08:08Гвардиола Чемпионлар лигасида қайси жамоага тўқнаш келишни истамаслигини айтди  11 07:31ЖЧ-2026 Саралаш. Бугун БААга қарши майдонга тушамиз  23 06:01Ёрқин Назаров: "БАА ақлли жамоа, ғалаба қозонмаслик мундиал вазифасини қийинлаштиради"  8 01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  2 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  3 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  6 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  1 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  3 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  5

A Seriya: Dibala va Ikardi to'xtamayapti, Immobile esa "Milan"ni "yondirdi" Yangiliklar

A Seriya: Dibala va Ikardi to'xtamayapti, Immobile esa "Milan"ni "yondirdi"

Italiya A Seriyasining 3-turida bir qator qiziqarli uchrashuvlar bo'lib o'tdi.


Amaldagi chempion "Yuventus" o'z uyida "Kevo"ni ikkinchi tarkibi bilan ham ortiqcha qiyinchiliksiz taslim etdi. Dibala zaxiradan tushib ham yana gol urishga erishdi. Allegri esa "Yuventus"ga kelganidan buyon o'zining eng yaxshi startini o'tkazmoqda.


Luchano Spaletti esa "Inter" boshqaruvidagi o'zining ketma-ket uchinchi g'alabasini nishonladi. "SPAL 2013" A Seriyaga qaytganidan keyin o'zining ilk mag'lubiyatini aynan "Inter"dan qabul qilib oldi. Ikardi va Perishichning ajoyib o'yinlari "Inter"ning har o'yinda 3 ochkodan jamg'arib borishiga eng asosiy sabablardan biri bo'lmoqda.


Ushbu turda Stefano Pioli boshchiligidagi "Fiorentina" nihoyat "portladi". CHempionatni grandlarga qarshi muvaffaqiyatsiz boshlagan "Fiorentina", safarda "Verona"ni ayab o'tirmadi.
Bu g'alaba "Fiorentina"ga juda zarur edi va Piolining ishi buyog'iga birmuncha osonroq kechadi. CHunki ushbu g'alaba orqali jamoadagi ortiqcha bosim bartaraf etildi.

"Torino" uchun yangi mavsum yaxshi kayfiyatda boshlandi. Sinisha Mixaylovich Turinda yaxshi jamoani shakllantirmoqda. Bu turda Belotti jamoadoshlari "Benevento" bilan mehmonda kuch sinashishdi. Hamma narsa durangga qarab ketayotgan bir paytda hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Yago Falke tomonidan kiritilgan gol "Torino"ga g'alabani taqdim etdi.
"Torino" esa mag'lubiyatsiz odimini davom ettirmoqda.

Turning markaziy bahsi so'zsiz Rimda o'tkazildi. O'tmishdagi mohir hujumchilar Simone Inzagi va Vinchenco Montella qarama-qarshiligi barchaning diqqat-etiborida bo'ldi.
Futbolchilik davrida Montella Inzagidan ko'ra kuchliroq bo'lgani aniq. Ammo murabbiylik bobida Simone Inzagi hamkasbiga master-klass ko'rsatdi. Rimda "Milan" "Lacio" qarshisida chorasiz qoldi. Immobilening benefisiga aylangan uchrashuvda "Lacio" "Milan" darvozasini to'rt bor ishg'ol etdi. Mehmonlar esa Montolivoning birgina goli bilan ularga javob qaytarishdi.


Yozgi transferlar kompaniyasi fonida kuchaygandek ko'ringan "Milan"ni "Lacio" Rimda popugini pasaytirib qo'ydi. Bu esa ushbu mavsumda A Seriyada kuchli to'rtlik uchun asosiy nomzodlar "Yuventus", "Napoli", "Inter" hamda "Lacio" bo'lishiga shama qildi.

Turning yana bir etiborga molik o'yinlaridan biri Genuada bo'lishi ko'zda tutilgandi. Ammo u erdagi noqulay ob-havo tufayli "Sampdoriya" - "Roma" bellashuvi nomalum muddatga qoldirildi.

A Seriyaning 3-turidan keyin mag'lubiyatga uchramagan jamoalar: "Yuventus", "Inter", "Napoli", "Lacio", "Torino", "Sampdoriya".

Turnir jadvalida "Yuventus", "Napoli" hamda "Inter" peshqadamlik qilishmoqda. "Lacio" va "Torino" esa ularni quvishda davom etmoqda. O'yini qoldirilgan "Sampdoriya" esa 6-pog'onani "Milan" bilan bo'lishib turibdi.


To'purarlar poygasida "Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala, "Inter" sardori Mauro Ikardi hisobida 5tadan gol mavjud. Keyingi o'rinda esa "Lacio"ning "snayperi"ga aylangan CHiro Immobile 4ta gol bilan peshqadamlarga raqobat taqdim etmoqda. Dibala va Ikardi gol urishdan to'xtamayotgan bir pallada, Rimda Immobile "Milan"ni "yondirdi".

A Seriyada eng yaxshi assistent bo'lib turgan futbolchilar soni uch nafarni tashkil etmoqda. "Yuventus"dan Miralem Pyanich, "Napoli"dan Lorenco Insine hamda "Inter"ning xorvatiyalik futbolchisi Ivan Perishich aktivida 3tadan golli uzatma mavjud.

Darvozabonlar masalasida "Torino" posboni Salvatore Sirigu hamda "Inter" kiperi Samir Xandanovich ikkitadan quruq o'yin o'tkazib qolganlardan ko'ra yaxshi natija qayd etishmoqda.

Italiya chempionatining 3-turida jami 9ta o'yin o'tkazildi.
6ta uchrashuvda mezbon jamoalar g'alaba nashidasini surishdi. Qolgan uchta bahsda esa mehmonlar muvaffaqiyat qozonishdi. Eng qizig'i, ushbu turda birorta durang natija qayd etilmadi.
Ushbu turda jami 25ta gol kiritildi.


A Seriya, 3-tur. Turnir jadvali

"Yuventus" - "Kevo" 3:0
"Inter" - "SPAL 2013" 2:0
"Atalanta" - "Sassuolo" 2:1
"Kalyari" - "Krotone" 1:0
"Verona" - "Fiorentina" 0:5
"Udineze" - "Jenoa" 1:0
"Lacio" - "Milan" 4:1
"Benevento" - "Torino" 0:1
"Bolonya" - "Napoli" 0:3


Italiya A Seriyasining 3-tur ramziy terma jamoasi (4-3-3):
Darvozabon: Voycex SHesni ("Yuventus")
Himoyachilar: Bruno Gaspar ("Fiorentina"), Kalidou Kulibali ("Napoli"), Milan Skrinar ("Inter"), Mario Sampirisi ("Kalyari").
Yarim himoyachilar: Miralem Pyanich ("Yuventus"), Roberto Galyardini ("Inter"), Jordan Veretout ("Fiorentina").
Hujumchilar: Kalexon ("Napoli"), CHiro Immobile ("Lacio"), Yago Falke ("Torino").

Muallif :
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика