So’nggi yangiliklar

21:53"Барселона" Кристенсен бўйича қарорини ўзгартирди  0 21:22"Антверпен" — "Ауд-Хеверле Лёвен". Таркиблар маълум  3 21:16"Кристал Пэлас" трансферларга катта пул ишлатган "Ливерпуль"ни мағлуб қилиб, Англия Суперкубогини қўлга киритди!  24 20:55"Ман Сити" Доннаруммага қизиқмоқда. Клуб "Галатасарой" билан келишуви бор Эдерсоннинг кетишига тайёргарлик кўрмоқда  0 20:30Суперлига. "Сўғдиёна" Жиззахда "Машъал" билан ўйинда ғалабани ўзиники қилди  12 20:04"Ризеспор" — "Гёзтепе". Чемпионатнинг илк тур ўйини учун таркиблар маълум  0 19:54"Ливерпуль" Англия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 18:28Суперлига 17-тур учрашувларидаги ҳакамлик қарорлари таҳлили  2 16:55"Насаф" охирги бор Фарғонада "Нефтчи"ни қачон ютган?  19 16:30Суперлига. Марказий ўйинларга бой 18-тур превьюси  5 16:10"Футбол олами". "Пахтакор"да мағлубият, "Насаф" ва "Навбаҳор"да дуранг, "Нефтчи"да ғалаба  0 15:42Аморим Шешконинг трансфери ҳақида гапирди  0 15:17"Ман Сити" Родрига "Реал" қизиқиш билдираётганидан хавотирда  2 14:50"Челси" ёзда Вейгани сотиб юборишга тайёр  0 13:38"Интер" 30 млн евролик футболчини харид қилмоқчи  0

A PRO-Liga. “Istiqlol” Farg'onada “SHo'rtan”ni mag'lubiyatga uchratdi (batafsil sharh) Yangiliklar

A PRO-Liga. “Istiqlol” Farg'onada “SHo'rtan”ni mag'lubiyatga uchratdi (batafsil sharh)

Pro-Liga "A" guruhi 7-turida “Istiqlol” Qirgulida “SHo'rtan”ni qabul qildi.

Uchrashuv mezbonlarning faol hujumlari bilan boshlandi. Birinchi bo'limning 4-daqiqasidayoq “Istiqlol” futbolchisi “SHo'rtan” darvozasini ishg'ol qildi – 1:0.Uchrashuvning 33-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Sardorbek Sotvoldiev “SHo'rtan” darvozasiga gol kiritib, hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirib qo'ydi. Oradan bir oz vaqt o'tib, aniqrog'i 38-daqiqada mehmonlar futbolchisi Hasanboy Ergashev tasodifan o'z darvozasiga to'p kiritib qo'ydi - 3:0. Birinchi bo'lim shu hisob bilan yakuniga etdi.

Ikkinchi bo'limda “SHo'rtan” vakillari hujumkor o'yin namoyish etdilar. G'uzorliklarda mezbonlar darvozasiga gol kiritish uchun qulay vaziyatlar yuzaga kela boshladi. Nihoyat uchrashuvning 87-daqiqasiga kelib, “SHo'rtan” jamoasi vakillari hisobni qisqartirishga muvaffaq bo'ldilar. Bu vaziyatda mehmonlar futbolchisi SHerzod Temirov tomonidan yo'llangan kuchli zarba “Istiqol” darvozasi to'ridan joy oldi – 3:1. Uchrashuv shu tariqa “Istiqlol” jamoasining g'alabasi bilan yakunlandi.


PRO-Liga. "A" guruhi.
7-tur
«Istiqlol» – «SHo'rtan» 3:1 (3:0)
Gollar:
Jasurbek Ermamatov 4 (1:0), Sardorbek Sotvoldiev 33 (2:0), Hasanboy Ergashev avtogol 38 (3:0), SHerzodbek Temirov 87 (3:1)
Hakamlar: E.Tursunov, O.Qosimov, F.Yo'ldoshev, M.Fozilov
Nazoratchi: M.Saidqosimov.
Komissar: A.Fayziev
«Istiqlol»: Rustam Nartadjiev, Farruh Ibrohimov, Jasur Ermamatov, Ulug'bek Xudoberdiev, Sardor Telyakov, Rustam Abduhamidov, Anvar Xojimirzaev, Sardor Sotvoldiev, Fayzullo Jumanqo'ziev, Eldor Ergashev, Umid Qodirov
Zaxira: Jasur Abdullaev, Timur Sultonov, Abduqodir Artiqov, Abduholiq Qurbonov, Riza Ayvazov, Anvar Berdiev, Elyor Mamasoliev, Elyor Akbarov
"SHo'rtan": Akmal Rahimov, Nurali Padarov, Hasanboy Ergashev, Sunnatilla Mamadaliev, Hojimurod Xolmurodov, Olimjon Karimov, Marufxon Murodov, Akram Bahromov, Yusuf Bo'riev, Samandar SHodmonov, SHerzod Temirov.



Bekzod Tolibov tayyorladi.



Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика