So’nggi yangiliklar

16:39ФИФА платформасига интеграция: ПФЛ клубларга қатъий талаб қўйди  0 16:14"2027 йилги футбол бўйича U-20 Жаҳон чемпионатига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш чора-тадбирлари тўғрисида"ги Президент Қарори эълон қилинди  0 15:40Тошкент футболи — 100 ёшда  1 15:18МЮ истеъдоди атрофида ажиотаж: 12 та клуб у учун саф тортди  1 14:50Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячисини мақтади  2 14:22Ла Лигада навбатдаги истеъфо  0 13:53Ван Дейк Салоҳ билан суҳбати ҳақида гапирди  2 13:24"Эмери эффекти": "Астон Вилла" клуб рекордини ўрнатди  9 12:56Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади  22 12:28Мадрид клуби "Манчестер Юнайтед" ҳимоячисини кузатмоқда  2 11:57Ўзбекистоннинг икки гранди МТЖ аъзосига қизиқмоқда  18 11:31Водий клуби "Нефтчи" легионерига кўз тикди  6 10:44Педри Мессининг 15 йил аввал ўрнатган рекордини янгилади  2 10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  2 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  3

G'anisher Qodirov: "Qo'qon-1912" bilan olti ochkolik o'yin kutib turibdi" Yangiliklar

G'anisher Qodirov: "Qo'qon-1912" bilan olti ochkolik o'yin kutib turibdi"

Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Sho'rtan" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar hujumchisi G'anisher Qodirov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yin qiyin bo'lishini bilgandik va chindan shunday bo'ldi. Futbolchilar bor kuchi bilan harakat qilishdi. Ikki jamoa ham bellashuv so'ngida g'alabani o'z tomoniga og'dirishi mumkin edi. Keyingi o'yinlarda muvaffaqiyat qozonishga harakat qilamiz.

Gol urgan vaziyatimga kelsak, to'p menga kelgan payt raqib darvozasining uzoq burchagi ochiq ekanligini ko'rdim. Shu bois, o'ylab o'tirmasdan oyoq uchida zarba yo'lladim. 

"Sho'rtan" har bir uchrashuvda yaxshi o'yin namoyish etmoqda, deb o'ylayman. Bir-ikki mayda detallar natijalarimizga tasir o'tkazmoqda. Bu kamchiliklarni bartaraf etish haqida haqda murabbiylar bosh qotirishmoqda. 

To'g'ri, uchrashuv so'ngida bir kishi ko'p bo'lib qolganimizga qaramay, o'yinimizda biroz palapartishlik ko'zatildi. Sababi, futbolchilar toliqib qolishgandi. Ular nafaqat to'p bilan, balki to'psiz ko'p yugurishdi. 

Keyingi turda "Qo'qon-1912"ni o'z maydonimizda qabul qilamiz. Har qanday jamoa o'z maydonida yaxshiroq o'yin namoyish etishadi. Bu jamoalar turnir jadvalining oxirgi o'rinlarida boratgani uchun ikki hissa ko'proq kuch bilan harakat qilamiz. "Qo'qon-1912" bilan olti ochkolik o'yin kutib turibdi. G'alaba turnir jadvalida yuqorilashimizga sabab bo'lishi mumkin", dedi g'uzorliklarning yagona goli muallifi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика