⚡️ “974” stadionidan eksklyuziv kadrlar: Neymar musobaqadagi ilk golini urganida nega tribuna tomon yugurgani malum
06 dek 2022 08:40
Yangiliklar
⚡️ “974” stadionidan eksklyuziv kadrlar: Neymar musobaqadagi ilk golini urganida nega tribuna tomon yugurgani malum
JCH-2022 1/8 finalida Braziliya 4:1 hisobida Janubiy Koreyani engib, chorak finalga chiqdi.
Jarohatidan qaytgan Neymar penaltini aniq amalga oshirdi. U gol urganidan keyin “974” stadionida braziliyalik ishqibozlar o'tirgan tribunaga yo'l oldi.
Qatarda faoliyat olib borayotgan saytimiz fotomuxbiri Tolibjon Qosimov vaziyatga aniqlik kiritdi va hujumchi termadagi sherigi Aleks Telles bilan golni nishonlaganini fotokamerasiga muhrladi. Kamerun bilan bahsdan keyin Telles uchun JCH-2022 yakunlangandi. U tizzasidan jarohat olgan va bir necha oyni davolanishda o'tkazadi.




O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar