So’nggi yangiliklar

15:55Норвегия 99,9% ЖЧда! Эстонияга қарши кечган қийин ўйин тақдири 6 дақиқа ҳал қилинди!  0 15:35Миср ва Ўзбекистоннинг ўйин услублари ўхшаш бўлганми? Эктор Купердан жавоб  2 15:18А Сериянинг октябрдаги энг яхши футболчиси оғир жароҳат олди ва Африка Миллатлар Кубогини ўтказиб юборади  0 14:491995 йилги Нигерия билан ўйинлар, Кападзенинг дебюти, Наманганда меҳмон Уганда — Африка вакиллари билан ўйинларни эслаймиз  0 14:29Қатар ва Саудия Арабистони клублари Модричга даъвогарлик қилмоқда  0 14:00Абрамовнинг "Динамо"си тарих остонасида: ким совринли ўринлардан четда қолади?  7 13:38Меҳди Тареми: "Ўзбекистон даражаси нуқтаи назаридан кичик жамоа эмас, улар жуда сифатли футбол кўрсатади"  6 13:10Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди  10 12:52"Севинч" — 17 карра Ўзбекистон чемпиони!  3 12:31Рафинья индивидуал машғулотларга қайтди  1 12:04Миср етакчиларидан бири Ўзбекистонга қарши ўйнамайди  2 11:43Сака "Арсенал"нинг чемпионлиги ҳақидаги гап-сўзларга эътибор бермаслиги айтди  0 11:20Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида ўқув-машғулот йиғинига киришди  5 10:44"Манчестер Юнайтед" Германия терма жамоаси ҳужумчисини нишонга олди  0 09:53Месси шарафига "Камп Ноу"да унинг ҳайкали ўрнатилади  7

"8+3". Abror Imomxo'jaev - Messi, Maradona va Mirjalol Qosimov haqida (15-son) Yangiliklar

"8+3". Abror Imomxo'jaev - Messi, Maradona va Mirjalol Qosimov haqida (15-son)

Championat.asia'da "8+3" rukni davom etadi.

Bu gal yaqindagina Championat.asia saytida da faoliyat boshlagan taniqli jurnalist Abror Imomxo'jaev bilan suhbatlashdik. U kishiga futbolga oid 8, futboldan tashqari 3ta savol bilan murojaat qildik. 

- Siz o'yinlarini bevosita kuzatgan eng kuchli futbolchi kim?

- Lionel Messi.

- Siz ko'rgan eng chiroyli gol qaysi?

- Gollar deb o'zgartiraylik shu savolni. Sababi, ular bitta emas: Diego Maradonaning JCH-1986da Angliya terma jamoasiga urgan goli (qo'li bilan emas, maydon markazidan boshlagan reydi), Roberto Karlosning Franciya terma jamoasiga jarimadan urgan goli, Mirjalol Qosimovning Nigeriya terma jamoasi darvozasiga urgan goli. 


- Futbol olamida boshqalardan mutlaq ajralib turadigan shaxs kim?

- Avval - Diego Maradona edi, hozir - Krishtianu Ronaldu.

- O'zbekiston terma jamoasini boshqargan eng kuchli murabbiy kim?

- Mirjalol Qosimov.

- Nechanchi yillardagi terma jamoamiz barcha davrlarning eng kuchlisi edi?

- 1994-yildagi O'zbekiston terma jamoasi kuchli edi.

- Sizningcha, bugun o'zbek futbolining qaysi jihatlari tanqidga loyiq?

- Maydonlar ahvoli va bolalar futbolidagi qing'ir ishlar.

- Ayollar va futbol. Bunga qanday qaraysiz?

- Ijobiy qarayman. Agar etibor kuchaytirilsa, biz Osiyoda eng etakchilardan biriga aylanishimiz mumkin.

- O'zingiz o'yinlarini kuzatgan futbolchilar orasidan ramziy jamoa tuzib bering (11 o'yinchi + murabbiy, jahon va o'zbek futboli aralash).

- Aralash qila olmayman, sababi unda o'zbek futbolchilari kirmay qolishi mumkin. Alohida jahon va O'zbekiston terma jamoalarini tuzib berishim mumkin.

Jahon terma jamoasi: Buffon  - Maldini, Bekkenbauer, Puyol, Karlos – Bekxem, Platini, Zidan – Ronaldu, Maradona, Messi. Murabbiy Rinus Mixels.

 O'zbekiston terma jamoasi: Bugalo – Bilolov, Magometov, Ashirov, G.Denisov – Qosimov, Pyatnickiy, An, Ahmedov – Fyodorov, Xadzipanagis. Murabbiy Rustam Akramov.

- Hayotdagi kumiringiz kim?

- Men hech kimni ilohiylashtirmaganman.

- O'zingizga yoqmagan tarafingiz qaysilar? Kamchiliklaringiz...

- Rahmatli onam “agar sal egilishni bilganingda, allaqachon vazir bo'larding” derdilar. Tilim achchiq va gap kelganda hech kimni ayamayman. Buning oqibatida ko'p pand eganman. Eng katta kamchiligim – dangasaman.

- Hayotingizning burilish nuqtasi sifatida qaysi voqeani eslaysiz?

- 1992 yil o'zbek jurnalistlaridan birinchi bo'lib AQSHga borganman. Ungacha Tyumen o'rmonlaridan boshqa hech nimani ko'rmaganim inobatga olinsa, men bir tizimda va bir hillikda ulg'aygan oddiy sovet kishisi edim. AQSH safaridan keyin dunyoqarashim butunlay o'zgargan...

"8+3". "Terma jamoa hech qachon kuchli bo'lmagan, eng yaxshi murabbiy esa Rauf aka..." (14-son)

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика