So’nggi yangiliklar

14:55Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси ЖЧ-2026 саралашининг 3-тур рамзий жамоасидан жой олди  4 14:31Ўзбекистон бир киши кам Эронни ютолмаган, аммо гуруҳда биринчи ўринни сақлаб қолган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 14:10Киммих: "Ўйинлар камайса, жароҳатлар ҳам камаяди деб ўйламайман"  0 13:42"Ньюкасл" Франция чемпионати голеадорига қизиқиш билдирмоқда  0 13:13"Жирона" спорт директори "Манчестер Сити" таклифини рад қилди  0 12:47"Мени дарвозабон сифатида муҳокама қилишларини хоҳлайман" — Шенсни  0 12:20Дурангдан қониқмадим  41 12:12БАА терма жамоасида Ўзбекистон билан ўйиндан аввал жиддий йўқотиш бор  8 12:01А Сериянинг сентябрдаги энг яхши футболчиси аниқланди  0 11:36Катанец нега ҳимоячи ўрнига ярим ҳимоячи, ярим ҳимоячи ўрнига эса ҳимоячини чақиради?   18 10:48Ди Канио: "Бу иши учун МЮ директорларини қамаб қўйган бўлардим"  4 10:37Про лига. 20-турнинг қолдирилган учрашувини Шавкат Насибуллаев бошқариб боради  0 10:15Ўзбекистон МТЖ: Ашурматов ўрнига бошқа футболчи чақирилди  34 10:07Гюлер: "Анчелотти билан муаммолар йўқ"  0 09:34Испания Суперкубоги форматида ўзгариш бўлди  0

8 yil avval "CHelsi" "Kamp Nou"da iroda ko'rsatgandi Yangiliklar

8 yil avval "CHelsi" "Kamp Nou"da iroda ko'rsatgandi

Ushbu o'yin 2012 yilning 24 aprelida o'tkazilgan.

3 kun oldin har ikki jamoa markaziy uchrashuvlarda maydonga tushgan va ancha kuch yo'qotgandi. "CHelsi" London derbisida "Arsenal" bilan durang (0:0) o'ynagan bo'lsa, "ko'k-anorranglilar" "Nou Kamp"da "Real"ga qarshi o'tkazilgan bahsda "oq bayroq" ko'targandi (1:2). 

Umuman olganda, mavsum har ikki jamoa uchun muvaffaqiyatsiz kechayotgandi. "Barsa" "Real"ga chempionlik kurashini boy bergani, "CHelsi"ning APLda kuchli to'rtlikka kirolmasligi ayon edi. Keyinchalik mavsumni yaxshi xotiralar bilan eslash uchun ECHL har ikki jamoaga juda muhim hisoblangan.

Birinchi bahsdan keyin kichik ustunlik londonliklar tomonda - "Stemford Bridjda"gi o'yinda Drogbaning yagona goli "CHelsi"ga g'alaba taqdim qilgan.

ECHL-2011/12. Yarim final (dastlabki bahs)

18 apr. 2012, 00:45

"CHelsi" 1:0 "Barselona"

Gol: Drogba 45+2.

"CHelsi": 1. CHex, 24. Kexill, 2. Ivanovich, 26. Terri, 3. Koul E., 12. Mikel, 16. Raul Meyrelesh, 7. Ramires (88') , 8. Lempard, 10. Mata (74') , 11. Drogba

O'zagarishlar: 21. Kalu (74') , 17. Bozingva (88')

Zahira o'rindig'i: 22. Ternbull, 15. Maluda, 5. Essen, 23. Starridj, 9. Torres

Ogohlantirishlar: Ramires 69', Drogba 87'


"Barselona": 1. Valdes, 5. Puyol, 2. Daniel Alves, 16. Buskets, 8. Inesta, 14. Maskerano, 21. Adriano Korreya, 4. Fabregas (78') , 6. Xavi (87') , 9. Sanches A. (65') , 10. Messi

O'zgarishlar: 17. Pedro (65') , 11. Alkantara (78') , 39. Kuenka (87')

Zahira o'rindig'i: 13. Pinto, 32. Bartra, 3. Pike, 15. Keyta S.

Ogohlantirishlar: Pedro 71', Buskets 76'.


ECHL-2011/12. Yarim final (javob uchrashuvi)

24 apr. 2012, 00:45

"CHelsi"ning ustunligi "Nou Kamp"dagi o'yinning 34-daqiqasiga qadar davom etdi (Buskets hisobni ochgan). 3 daqiqadan keyin "arsitokratlar" sardori Jon Terri maydondan chetlatildi. 43-daqiqada Inesta hisobni 2:0ga etkazganda barcha "CHelsi" bilan xayrlashish uchun taraddud ko'rar edi. Ammo Roberto Di Matteo shogirdlari bunga ko'nmaydi. 3 daqiqadan keyin Ramires hisobni qisqartirdi. Tarozi pallasi yana ingliz klubi ustunligini ko'rsata boshladi. Uchrashuvga yakuniy nuqta esa Londonda ishlari yurishmayotgan Fernando Torres tomonidan qo'yildi (92-daqiqa).


"Barselona" 2:2 "CHelsi"

Gollar: Buskets 34, Inesta 43 - Ramires 45+1, Torres 90+2.

"Barselona": 1. Valdes, 5. Puyol, 3. Pike (26') , 16. Buskets, 8. Inesta, 14. Maskerano, 4. Fabregas (74') , 6. Xavi, 9. Sanches A., 10. Messi, 39. Kuenka (67')

O'zgarishlar: 2. Daniel Alves (26') , 37. Telo (67') , 15. Keyta S. (74')

Zahira o'rindig'i: 13. Pinto, 11. Alkantara, 21. Adriano Korreya, 17. Pedro

Ogohlantirishlar: Inesta 50', Messi 71'


"CHelsi": 1. CHex, 24. Kexill (12') , 2. Ivanovich, 26. Terri (36') , 3. Koul E., 12. Mikel, 16. Raul Meyrelesh, 7. Ramires, 8. Lempard, 10. Mata (58') , 11. Drogba (80')

O'zgarishlar: 17. Bozingva (c 12') , 21. Kalu (c 58') , 9. Torres (c 80')

Zahira o'rindig'i: 22. Ternbull, 15. Maluda, 5. Essen

Ogohlantirishlar: Mikel 32', Ramires 44', Ivanovich 48', CHex 59', Lempard 72', Raul Meyrelesh 89'

CHetlatish: Terri 36'

O'yindan keyin Pep Gvardiolaning og'zidan quyidagi fikrlar yangragan: "Albatta, yigitlar harakat qilishdi. Ramiresning tanaffus oldidan urgan goli yomon tasir qildi. Bu jiddiy ruhiy zarba edi. G'alaba qozonish uchun hamma narsani qildik. Nafaqat bugun, Londondagi o'yinda ham. Ammo raqib orqa chiziqni ustalik bilan to'ldirdi, bunday himoya chizig'ini yorib o'tish oson emas. Bu o'yin menga 2 yil oldingi xotiralarni eslatdi. O'shanda yarim finalda Mourinyuning "Inter"iga shu tarzda mag'lub bo'lgandik. Bu shunchaki bizning yilimiz emas ekan. "CHelsi"ni tabriklaymiz".

Xullas, "CHelsi" shu tartibda iroda namoyish qilgandi. O'yindan keyin matbuot Terri, Ivanovich, Meyrelesh va Ramires finalni o'tkazib yuborishiga urg'u berib, "Bavariya"ning qiyinchiliksiz chempion bo'lishini taxmin qilgan. Myunxendagi finalda nimalar sodir bo'lganidan esa xabardorsiz.

Faxriddin Ro'ziev

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика