3 ta dubl, golga aylanmagan penalti va qahramonlar - 24-turning qiziq raqamlari
07 noy 2021 17:00
Yangiliklar
3 ta dubl, golga aylanmagan penalti va qahramonlar - 24-turning qiziq raqamlari
AGMK 3:2 "Andijon", 456 kishi
"Bunyodkor" 1:0 "Qizilqum", 960 muxlis
"Lokomotiv" 1:0 "So'g'diyona", 688 tomoshabin
"Navbahor" 1:0 "Metallurg", 1 022 muxlis
"Mashal" 0:0 "Turon", 368 tomoshabin
"Paxtakor" 5:0 "Surxon", 8 379 kishi
"Nasaf" — "Qo'qon-1912" (OFK kubogi finali tufayli qoldirildi)

Mazkur turni 11 873 muxlis stadionning o'zidan tomosha qildi (o'tgan turga nisbatan 4 016 kishiga kamroq). Bu har o'yinda o'rtacha 1 979 nafar tomoshabin arenaga kelayotganini bildiradi. Guvohi bo'lganingizdek, eng ko'p ishqiboz "Paxtakor" maydoniga keldi (8 379 nafar). Eng yomon natija esa "Meashal" — "Turon" o'yinida qayd etildi (368).

6 o'yinda jami 13 gol urildi (o'tgan turga nisbatan 1 taga ko'p). Bu har o'yinda o'rtacha 2,2 tadan gol degani. To'plarning 11 tasi mezbon, 2 tasi mehmon jamoalar tomonidan kiritildi. Safarda o'ynagan klublardan faqat "Andijon" raqib darvozasiga yo'l topdi. Muborakdagi o'yinda bu tur ham gol ko'rmadik.

3 nafar futbolchi dublga erishdi — Martin Boake (AGMK), Dragan CHeran va SHerzod Temirov ("Paxtakor").

Xet-trik yoki poker qayd etilmadi.

Referilar 6 o'yinda 27 marta sariq kartochkaga murojaat qilishdi. Hech kim maydondan chetlatilmadi.

Eng qo'pol o'yin "Bunyodkor" — "Qizilqum" bo'ldi (8 ta sariq, 2 penalti).

7 marta 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi.

2 futbolchi penaltini golga aylantirolmadi — Islom Kenjaboev ("Qizilqum") va Marko Kolakovich ("So'g'diyona").

Muhammadkarim Toirovning Superligadagi debyut goli turning eng chiroyli goli sifatida tanlandi.
Turning eng yaxshi murabbiyi — "Andijon" bilan o'yinda "kambek" qilgan Mirjalol Qosimov.

Tur qahramoni — zaxiradan maydonga tushib, Superligadagi ilk dublini rasmiylashtirgan Martin Boake.

Malumot uchun, "Nasaf"ning "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yini FIFA kunlarida (9-16 noyabr) o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar