So’nggi yangiliklar

15:53ПСЖ Луис Энрике билан уникал шартнома имзоламоқчи. Вазият аслида қандай?  0 15:42Игорь Сергеевнинг кейинги жамоаси номи маълум бўлди  5 15:21"Арсенал", "Ньюкасл", "Челси" ва Дортмунд "Боруссия"си "Марсель"нинг 18 ёшли ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  0 14:44"Фенербахче" президентининг кокаинга топширган тести мусбат чиқди  1 14:20Топ-клубда ўйнамай туриб, АПЛнинг асосий кашфиётларидан бирига айланган футболчи ҳақида  0 13:59Игорь Сергеев "Пахтакор"ни тарк этяпти  17 13:28Баъзида Педри отаси билан бошқа жамоалар футболчилари урган голни нишонлар экан  2 13:09Нурилло Тўхтасинов – "Динамо" футболчиси  6 12:42Криштиану Роналду Қизил денгиз оролларидан 8 млн долларга иккита вилла сотиб олди  11 12:15"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш дербига қадар тикланишига умид қилмоқда  0 11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  10 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  3 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  2 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  21 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  3

“2022 yilgi JCH oltini uchun kurashning 4 xil yakuni – bu katta futbol tarixidir” – Igor Rabiner “Championat.asia” uchun maxsus Yangiliklar

“2022 yilgi JCH oltini uchun kurashning 4 xil yakuni – bu katta futbol tarixidir” – Igor Rabiner “Championat.asia” uchun maxsus

Xorvatiya yoki Marokash g'oliblikni qo'lga kiritadi (tasavvur qiling: Marokash – jahon chempioni! Ungacha esa bor-yo'g'i ikki marta 0:0 va ikkita penaltilar seriyasi) – mundial chempionlarining tor superelitasi kengayadi.

Hozircha bunga erishganlar sakkizta: Urugvay (2 marta), Italiya (to'rtta), Germaniya (to'rtta), Braziliya (beshta), Angliya (bir), Argentina (ikkita), Franciya (ikkita), Ispaniya (bitta).

4 million 200 ming aholiga ega xorvatlar esa JCHni qo'lga kiritgan ikkinchi eng kichik davlatga (Urugvaydan keyin) aylana oladi. So'ngra, ular mundial medallarining to'liq to'plamiga ega bo'lishadi (bronza-98, kumush-2018 va oltin-2022), garchi, mamlakat mustaqil davlat sifatida futbol o'ynaganiga 30 yildan kamroq vaqt bo'lganiga qaramay!

Franciya g'alaba qiladi – tarixda uchinchi marotaba va 60 yil ichida birinchi marotaba bir jamoa ketma-ket ikkita chempionlikka ega chiqadi. Hozirgacha Italiya 1934 va 1938 yillarda, shuningdek, 1958 hamda 1962 yillarda Braziliya bunga erishgan. Dide Desham esa ikki marta jahon chempioni bo'lishga erishgan italiyalik Vittorio Poccodan keyin tarixdagi ikkinchi murabbiyga aylanadi. Bundan tashqari, 1998 yilda u sardor bo'lgan (o'sha yilgi mundialda Franciya finalda Braziliyani mag'lub etgan).

Argentina g'olib bo'ladi – Leo Messi o'zini Diego Maradona bilan tenglashtirib, birinchi marotaba JCH sovrinini ko'taradi. Uni Pele bilan solishtirmagan bo'lardim. Qirol – qirolligicha qoladi, Xudodan unga sog'lik so'rayman!

Bundan tashqari, Argentina Amerikadan tashqaridagi ilk chempionligiga ega chiqadi (ular uyda va Meksikadagi mundiallarda muvaffaqiyatga erishgan) hamda Marokash kabi Evropa terma jamoalari)ning qatorasiga 4 ta chempionlikni qo'lga kiritgan ajoyib seriyasini buzadi.

Siz kim tomondasiz? 

Bugungi o'yindan so'ng, ota-bola inglizlar menga Marokashni qo'llashlarini aytishdi. CHunki, ular Franciya yoki Argentinani xohlashmaydi, marokashliklar esa tarixda yarim finalga chiqqan ilk Afrika termasidir. Xo'sh, nega ular barchasini o'ziniki qilmasligi kerak ekan?

Igor Rabiner

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика