2022 yildan beri maydonga tushmagan MYU sobiq futbolchisi 32 yoshida faoliyatini yakunladi
17 avg 19:14
Yangiliklar
2022 yildan beri maydonga tushmagan MYU sobiq futbolchisi 32 yoshida faoliyatini yakunladi
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Fil Jons faoliyatini yakunlagani haqida elon qildi.
32 yoshli futbolchi murabbiy bo'lishni xohlayotganini aytdi.
"Faoliyatim o'ylaganimdan tezroq yakunlandi.
Ammo suv idishning yarmi to'la. UEFA A licenziyasini oldim va o'zimni murabbiy sifatida sinab ko'rishim mumkin. Kelajakda biror jamoani boshqarmoqchiman. Maqsadimga erishaman deb o'ylayman" - dedi MYU sobiq himoyachisi.
Angliyalik 2011-2023 yillar davomida "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilgan edi.
Fil so'nggi bor 2022 yilning 2 mayida maydonga tushgandi.
Fikrlar