So’nggi yangiliklar

21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  172 21:03"Бешиктош" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  3 20:36"Вест Хэм" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  0 20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  3 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  10 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  17 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  40 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0

2022 yilda jamoalarimizni kutib turgan xalqaro musobaqalar Yangiliklar

2022 yilda jamoalarimizni kutib turgan xalqaro musobaqalar

O'zbekistonning turli yoshdagi va toifadagi terma jamoalari, klublarimiz uchun bu yilgi xalqaro musobaqalar taqvimini havola qilamiz.

Osiyo chempionlar ligasi. Pley-off bosqichi

OFK bu yil O'zbekistonga 1+1 kvota ajratgan. 15 mart kuni G'arb mintaqasida Osiyo chempionlr ligasida pley-off bosqichi bo'lib o'tadi. O'zbekiston kubogi sohibi Qarshining "Nasaf" klubi safarda BAAning "Baniyas" klubiga qarshi o'ynaydi. Ushbu bahs g'olibi guruh bosqichiga chiqadi. Malumot uchun, "Nasaf" OCHL guruh bosqichiga chiqa olsa Jizzaxning "So'g'diyona" klubi OFK kubogi guruh bosqichida qatnashadi. Agar "Ajdarlar" "Baniyas" to'sig'idan o'ta olishmasa Qarshi klubining o'zi OFK kubogida ishtirok etadi.




Osiyo chempionlar ligasi. Guruh bosqichi


O'zbekiston chempioni "Paxtakor" klubi musobaqani guruh bosqichidan boshlaydi. Har bir guruh o'tgan yildagidek markazlashgan holda o'tkaziladi. Guruh bosqichiga 17 yanvar kuni qura tashlanadi. G'arb mintaqasida bahslar 7-27 aprel kunlari oralig'ida o'tkaziladi. Agar "Paxtakor"ning taklifi OFKni qoniqtirsa, chempionimiz joylashgan guruhdagi o'yinlar Toshkentda o'tishi mumkin. Kecha OFK OCHL taqvimini elon qildi va bu yilgi musobaqa 2023 yil fevral oyida tugashini malum qildi. Bunga shu yil oxirida Qatarda o'tadigan Jahon chempionati bahslari sabab sifatida ko'rsatildi. Katta ehtimol bilan 2023 yildan boshlab OCHL kuz-bahor tizimida o'tishni boshlaydi. Yani musobaqa taxminan yozning oxirida boshlanib keyingi yil may oylarida tugaydi.



Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi saralashi

O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi Kuvaytda bo'lib o'tadigan Osiyo kubogining saralash bosqichida Markaziy va Janubiy birlashgan zonalari “B” guruhidan joy oldi. Qura natijalariga ko'ra, Bahodir Ahmedov shogirdlari guruh bosqichida Tojikiston, Afg'oniston va Nepal terma jamoalari bilan kurash olib boradi. Uchrashuvlar 10-12 aprel kunlari Qirg'iz Respublikasining Bishkek shahrida bo'lib o'tadi. Vakillarimiz ushbu bosqichdagi ishtirokini 10 aprel kuni Nepal terma jamoasiga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

10 aprel: O'zbekiston - Nepal
11 aprel: Afg'oniston - O'zbekiston
12 aprel: O'zbekiston - Tojikiston




U-23 Osiyo Kubogi


Yoz faslining dastlabki kunlari O'zbekiston xalqaro musobaqaga mezbonlik qiladi. 1-19 iyun oralig'ida yurtimizda U-23 Osiyo kubogi bahslari bo'lib o'tadi. Unda qitamizning shu yosh tofasidagi eng kuchli 16ta jamoasi qatnashadi. Ular orasida Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi ham bor. Takidlash lozimki vakillarimiz o'zlaridan 3 yosh katta jamoalarga qarshi o'ynashadi. Hozircha musobaqaga qura tashlagani yo'q.




Osiyo kubogi-2023. Saralash bosqichi


Srechko Katanec boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi 2023 yil Xitoy mezbonlik qiladigan Osiyo Kubogi saralash bosqichida ishtirok etadi. OFK saralash bosqichi 8-14 iyun kunlari oralig'ida o'tishini elon qilgan. Har bir guruhda 4tadan jamoa bo'ladi va 3ta tur o'tkaziladi. 6ta guruh g'oliblari va eng yaxshi natijaga ega 5ta ikkinchi o'rinni olgan jamoalar, jami 11ta terma jamoa Osiyo Kubogiga yo'llanma oladi.



OFK kubogi guruh bosqichi

24-30 iyun oralig'ida OFK kubogi guruh bosqichi bahslari markazlashgan holda bo'lib o'tadi. Unda "Nasaf" yoki "So'g'diyona" klubi yurtimiz sharafini himoya qiladi. Agar "Nasaf" OCHL guruh bosqichiga chiqsa Jizzax klubi xalqaro maydonda qatnashadi. Agar "Nasaf" OCHL guruh bosiqichga chiqa olmasa Ro'ziqul Berdiev shogirdlari xuddi o'tgan yilgidek OFK kubogida qatnashishadi.



Futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati


3-14 avgust kunlari BAA mamlakatida futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati bahslari bo'lib o'tadi. Unda ketma-ketlik bo'yicha O'zbekistonning amaldagi chempioni "Paxtakor" ishtirok etishi kerak. Biroq avgust oyiga qadar O'zbekistonda bu yilgi chempionat yakuniga etadi. SHu bois hozircha bu musobaqada qaysi klubimiz ishtirok etishi 100 foiz aniq emas. Koronavirus pandemiyasi tufayli ushbu musobaqa so'nggi bor 2019 yilda o'tkazilgandi.



XIX Osiyo o'yinlari


Sentyabr oyida Xitoyning Xanchjou shahrida hisob bo'yicha 19-Osiyo o'yinlari bo'lib o'tadi. Unda katta ehtimol bilan Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi ishtirok etadi. Osiyo o'yinlari 7-25 sentyabr kunlari o'tkaziladi.




Futzal bo'yicha Osiyo kubogi


Yuqorida yozilganidek aprel oyida futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogi saralashida qatnashadi. Qita kubogi final bosqichi 25 sentyabr kuni Kuvaytda start oladi. Musobaqa 20 oktyabrga qadar davom etadi.




U-17 Osiyo Kubogi saralashi


Oktyabr oyi dastlabki o'n kunligida (1-9 oktyabr) U-17 Osiyo kubogi uchun saralash bahslari bo'lib o'tadi. Unda Server Jeparov boshchiligidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi ishtirok etadi. Hozircha saralash bosqichiga qura tashlanmagan. Ushbu musobaqaning final bosqichi 2023 yil Bahrayn mamlakatida bo'lib o'tishi belgilangan. Malumot uchun, 2020 yil o'tishi kerak bo'lgan bu musobaqa pandemiya tufayli bekor qilingan edi. So'nggi marta o'smirlarimiz 2016 yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etgandi.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика