So’nggi yangiliklar

00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  0 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  1 23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  9 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  85 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  5 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

2019 yilning eng yaxshi o'yinlari. AGMK - "Qo'qon-1912" 7:1 Yangiliklar

2019 yilning eng yaxshi o'yinlari. AGMK - "Qo'qon-1912" 7:1

2019 yilgi Superliga doirasidagi eng qiziqarli o'yinlarda urilgan gollarni taqdim etishda davom etamiz.

2019 yilgi Superliganing 3-turida Mirjalol Qosimov va No'mon Hasanov boshchiligidagi jamoalar to'qnash kelishgandi. Ikki klub ham dastlabki ikki turda g'alaba qozona olmagani o'yin ahamiyati yuqori ekanini anglatardi. 

Uchrashuvning 10-daqiqasida Jasur Hasanovning uzatgan to'pini Zafar Polvonov mehmonlar darvozasiga yo'llab hisobni ochgandi. 27-daqiqada bahs natijasiga katta tasir qilgan hodisa sodir bo'ladi. Qo'qonliklar vakili Iqbol Malikjonov ikkinchi sariq kartochkasini olib maydonni tark etadi. SHundan keyin maydon egalarini to'xtatib bo'lmadi. Birinchi taymda Dilshod Jo'raev va yana Zafar Polvonov gol urib hisobni yiriklashtirishdi. 

Ikkinchi taym boshida Murod Xolmuhammedov belgilangan penaltidan to'p kiritib hisobni qisqartiradi. 72-daqiqada Oybek Rustamov darvozaga kirib ketayotgan to'pni qo'li bilan qaytaradi va haqli ravishda qizil kartochka oladi. "Qo'qon-1912" 9 kishi bo'lib qoladi. Belgilangan penaltini Dilshod Jo'raev unumli foydalanib o'zining ikkinchi, jamoasining to'rtinchi golini uradi. 

So'nggi daqiqalar Zafar Polvonovning benefisiga aylanib ketadi. 76, 80 va 90+2-daqiqalarda hujumchi uch bor gol uradi va o'yinda jami 5ta to'p kiritishga (penta-trik) muvaffaq bo'ladi - 7:1.


AGMK - "QO'QON-1912" - 7:1 (3:0)
07.04.2019. 3-tur. Olmaliq. OKMK stadioni. 2152 tomoshabin.
Gollar:

1:0 - Polvonov Zafar (Hasanov Jasur O.), 10
2:0 - Jo'raev Dilshod (Hasanov Jasur O.), 32
3:0 - Polvonov Zafar (Qosimov Mirjamol), 37
3:1 - Xolmuhammedov Murod - penaltidan, 56
4:1 - Jo'raev Dilshod - penaltidan, 72
5:1 - Polvonov Zafar (SHorahmedov Akmal), 76
6:1 - Polvonov Zafar (Pirimov Zohir), 80
7:1 - Polvonov Zafar (SHixov Sanat), 90+2
AGMK: To'raev Akbar; Qosimov Mirjamol; Jo'raev Dilshod; Hasanov Jasur O. (SHixov Sanat, 81); Rahmatov Saydullo; Yuldashev Boburbek; Kostich Mirolyub (Fayziev SHerzod, 78); SHorahmedov Akmal; Toshmatov Murodjon (Saidazimov Kamron, 46); Pirimov Zohir; Polvonov Zafar.
QO'QON-1912: Knejevich Boyan; Ro'ziev Quvondiq; Esonqulov Javohir; Rustamov Oybek; Hasanov Jasur D. (Nikolich Milosh, 46); Malikjonov Iqbol; Merzlyakov Aleksandr; Milich Marko; Xolmuxammedov Murod; Hasanov Muxammadanas (Mamatxo'jaev Avazxon, 78); Usmonov Temur (Erkinov SHahboz, 46)
Ogohlantirishlar: Malikjonov Iqbol, 20; Qosimov Mirjamol, 55; Saidazimov Kamron, 86.
CHetlatish: Malikjonov Iqbol, 27 (2SK); Rustamov Oybek, 72.





Video sportstat.uz saytidan olindi

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика