So’nggi yangiliklar

01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  2 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  13

2018 yilgi mavsum reglamenti. Marketing, tijoriy huquqlar va merchendayzing haqida Yangiliklar

2018 yilgi mavsum reglamenti. Marketing, tijoriy huquqlar va merchendayzing haqida

Teglar :  PFLO'FF
2018 mavsum reglamentida marketing va tijoriy huquqlar, shuningdek, translyaciyalar huquqi haqida ham alohida bandlar mavjud.

Jumladan, O'FF va PFL o'z yurisdikciyasi ostida o'tkaziladigan futbol musobaqalari va tadbirlardagi barcha huquqlar egasi hisoblanadi. Bu huquqlarga moliyaviy, tijoriy, marketing, reklama, barcha shakldagi audiovizual va radio yozuvlarga tegishli huquqlar, shuningdek, intellektual mulk hisoblangan emblema va ramzlardagi mualliflik huquqlari kiradi.

O'FF va PFL tomonidan o'tkaziladigan musobaqalarning teletranslyaciya huquqini qo'lga kiritgan telekanallar Superliga uchrashuvlarining yuqori sifatli translyaciyasini taminlashlari mumkin. Tasvirga olish ishlari kamida 6ta kamera, shu jumladan, sekinlashtirilgan tasvirlarni namoyish qila oladigan kamera orqali amalga oshirilishi kerak. Translyaciya huquqini qo'lga kiritgan telekanallar mavsum davomida birgalikda Superliganing kamida 60% uchrashuvlarini translyaciya qilishga majburlar.

Translyaciya huquqini qo'lga kiritgan telekanallar Superliganing titul/rasmiy homiylari va hamkorlarining reklama roliklarini namoyish qilib borishlari shart. Reklama roliklarini joylashtirish tartibi Tijoriy reglament asosida belgilanadi. Tijoriy reglamentga Superliganing barcha klublari amal qilishlari shart.

Merchendayzing

Futbol klublari merchendayzing mahsulotlarini (klub atributikalaridan foydalanilgan suvenir mahsulotlar) ishlab chiqarish huquqiga egalar. Ishlab chiqarishdan oldin mahsulotlar eskizlari va dizayni PFL marketing bo'limiga taqdim etilishi va tasdiqlanishi zarur.

Futbol klublari o'z stadionlarida merchendayzing mahsulotlarini sotuvchi kamida bitta savdo shahobchasini tashkil qilishga majburlar.

Futbol klublari o'z uy stadionlaridagi uchrashuvlar chiptalarining sotuvidan tushgan mablag'ning 2 foizini har yili PFL hisobiga o'tkazib borishlari shart.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика