So’nggi yangiliklar

23:10Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" (матнли трансляция)  11 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  4 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  4 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  4 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  16 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  8 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0

2013 yil Jamshid Iskanderovga Franciyadan taklif bo'lganmidi? Futbolchi “Tezkor Studiya”da javob berdi Yangiliklar

2013 yil Jamshid Iskanderovga Franciyadan taklif bo'lganmidi? Futbolchi “Tezkor Studiya”da javob berdi

Hozirda Janubiy Koreyaning “Seongnam Ilva CHunma” jamoasida to'p tepayotgan hamyurtimiz Jamshid Iskanderov “Tezkor Studiya”ning navbatdagi mehmonlaridan biri bo'ldi.

Jonli efir davomida futbolchi muxlislar tomonidan berilgan Franciya chempionatidan tushgan taklif haqidagi savolga javob berib o'tdi.

“O'shanda musobaqa davomida Urugvay bilan o'yinda kutilmagan jarohat olgandim. Endi bu har bir sportda bo'ladigan holat hisoblanadi. O'sha payt biz faqat shunaqa gaplarni eshitganmiz, xolos. Franciyadan, Turkiyadan, Rossiyadan takliflar bo'lganligi haqidagi malumotlar qulog'imizga chalingandi. Bir tomondan yosh bo'lganmiz, transferlarga aqlimiz etmagan. Lekin, u takliflar yuz foizligi aniq emas. U paytda men “Paxtakor”da o'ynardim. Barchasini ular hal qilardi. Balki, klub rahbarlarini xabari bo'lgandir. SHaxsan o'zim bilmayman. O'zimga chiqishmagan bu haqda.

2013 yil Turkiyadagi Jahon chempionati faoliyatimdagi eng yorqin turnirlardan biri sanaladi. Franciya bilan o'yinni tribunada tomosha qilgandim. Raqib safida Pogba, Umtiti, Zuma kabi futbolchilar o'ynashgandi”, - deydi Jamshid Iskanderov.



Malumot o'rnida aytish mumkinki, 2013 yil Ahmadjon Musaev boshchiligidagi yoshlar terma jamoamiz kichik mundialda nimchorak finalda Evropa qitasi vakili Greciyani mag'lub etgan holda chorak finalgacha etib kelishgan edi. Yarim final yo'llanmasi uchun kechgan bahsda esa Franciyaga 0:4 hisobida engilgandik. SHunday bo'lsada yosh futbolchilarimiz ilk bor o'z yosh toifalarida jahonning eng kuchli 8 terma jamoasi qatoriga kirishgandi. Bundan avvalgi Jahon chempionatlarida (2003, 2009) esa guruh bosqichidayoq o'z ishtirokimizni yakunlashga majbur bo'lganmiz.


Quyida "Tezkor studiya"ni tomosha qilish mumkin: 


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика