So’nggi yangiliklar

15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  0 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  17 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  1 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   12 09:15Моддий манфат йўлида EЧЛ 25 йиллик ҳамкорликдан сўнг "Adidas" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  2 08:46"Агар очколарни йўқотсак, ҳамма нарса тугайди". Гвардиола — "Вест Хэм"га қарши ўйин ҳақида  3 08:20Португалия терма жамоасининг жаҳон чемпионати учун меҳмон либослари суратлари пайдо бўлди  3

"19 avgust kuni FIFA belgilagan muddat tugaydi. "Navbahor" 250 ming AQSH dollari bilan ishni yopishi mumkin" - SILA yuristi Mixail Prokopec bilan suhbat Yangiliklar

"19 avgust kuni FIFA belgilagan muddat tugaydi. "Navbahor" 250 ming AQSH dollari bilan ishni yopishi mumkin" - SILA yuristi Mixail Prokopec bilan suhbat

Rossiyalik murabbiy Aleksey Belenkov va "Navbahor" klubi o'rtasidagi vaziyatdan barchaning xabari bo'lsa kerak.

FIFA "Navbahor" klubiga 520 ming AQSH dollari miqdorida jarima qo'llagani haqida saytimizda xabar bergandik. Belenkovning huquqlarini mashhur SILA kompaniyasi himoya qilmoqda. Saytimiz xodimi Moskvada SILA yuristi Mixail Prokopec bilan ushbu vaziyat yuzasidan atroflicha suhbatlashdi.

"O'tgan yil oxirida rossiyalik murabbiy Aleksey Belenkov "Navbahor" klubi borasida bizga murojaat qildi. Boshidan aytaman Belenkov "Navbahor" klubini yaxshi xotiralar bilan yodga oladi, uning qanday ajoyib muxlislari borligini aytib bergan. Uning aytishicha bunday muxlislar O'zbekistonda boshqa yo'q ekan. Biroq murabbiy o'zi ishlab topgan pulni olish uchun bizga murojaat qildi.

Murabbiy klub unga 4 oy davomida maosh bermagani va paysalga solib kelgani uchun Rossiyaga qaytganini malum qildi. Agar klub murabbiy yoki futbolchiga 2 oydan ziyod muddat ichida maosh bermasa, xodim bir tomonlama shartnomani bekor qilish huquqiga ega. Belenkov shu imkoniyatdan foydalandi. Biz dastlab "Navbahor" klubi bilan muzokara olib bordik. O'sha paytda biz 150 ming AQSH dollari to'lansa barchasi shu erda tugashini malum qildik. Biroq Namangan klubi bunga beetibor bo'ldi. SHu bois FIFAga murojaat qilishga va "Navbahor"dan 1 million dollar talab qildik. FIFA vaziyatni to'liq o'rganib chiqdi va klub bosh murabbiyga 520 ming AQSH dollari to'lashi haqida qaror chiqardi", - deydi Mixail Prokopec.

- Saytimizda bu boradagi ilk xabar chiqqanida "Navbahor" vakillari hech qanday xat kelmaganini aytishdi...

- Malumot uchun aytaman, FIFA yil boshidan buyon klubga 15 martadan ko'p ogohlantirish yuborgan. Agar klubdagilar xatlar noto'g'ri pochtaga kelgan deyishsa, FIFA bu xatlarni nusxasini O'FA xalqaro bo'limiga ham yuboradi. Xatlar etib bormagani haqida gap-so'z bo'lishi mumkin emas.

- Eshitishimizga qaraganda, Belenkov FIFA belgilab bergan puldan kamrog'iga rozi ekan. SHu rostmi?

- Ayni paytda Belenkov 250 ming AQSH dollari olishga va "Navbahor"ga hech qanday etirozi yo'qligini malum qilishga tayyor. Yani klubga hurmati bois murabbiy FIFA belgilangan pulning deyarli yarmiga rozi. "Navbahor" bilan hamon aloqadamiz va ular har safar turli inson bizga yozadi, qo'ng'iroq qiladi hamda bir xil gap: "100 ming beramiz". Vaholanki yuqorida aytganimdek boshida biz 150 ming taklif qilgandik. Agar ish FIFAgacha etib bormaganida shu pul bilan barchasi tugardi. Hech kim jarimaga tortilmasdi. Jarimani 250 ming dollarga pasaytirish ham shaxsan Belenkovning tashabbusi bo'ldi.



- Hozir vaziyat qanday? FIFA bergan muddat qachongacha?

- FIFA belgilangan muddat 19 avgust kuni tugaydi. Yani shu kungacha klub murabbiyning pullarini to'lamasa FIFA sankciya qo'llaydi. Bu yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishni taqiqlash hamda taxminan 30-40 ming AQSH dollari miqdorida qo'shimcha jarima bo'lishi mumkin. Keyin nima bo'ladi? FIFA yana bir oy muddat beradi. Agar shunda ham pul to'lanmasa navbatdagi sankciya klubdan ochko olib tashlanishi hamda taxminan 50-60 ming dollar miqdorida qo'shimcha jarima bo'lishi mumkin. Hech kim klubning jabr chekishini istamaydi, istalgan odam Belenkovning o'rnida bo'lishi mumkin edi. Barchasi qonun doirasida hal etilmoqda.

Yana bir narsani takidlashni xohlardim. Belenkov ham, biz ham "Navbahor" bilan hamkorlikka tayyormiz. Yuqorida aytgan 250 ming AQSH dollarini klub hatto bo'lib to'lashiga ham rozimiz. SHarti bunday: 125 ming dollar darhol to'lanadi, qolgan 125 dollar yarim yil ichida bo'lib to'lab boriladi. Agar yarim yil ichida kechikish bo'lsa, jarima yana 520 ming AQSH dollariga qaytadi. Klub yaqindagina yangi futbolchi bilan shartnoma tuzganini elon qildi. Bundan xabarimiz bor. Demak klubda pul bor. Agar mening kimdandir qarzim bo'lsa deylik yangi mashina sotib olmaymanku, to'g'rimi?

- "Navbahor" FIFA qaroriga etiroz bildira oladimi?
- "Navbahor" FIFAning qaroriga apellyaciya berishi va Lozzandagi sport arbitraj sudiga murojaat qilishi mumkin. Aytaylik shunday bo'ldi ham. Sud FIFAning qarorini butkul bekor qila olmaydi, hech qachon. SHunchaki belgilangan summani (520 ming AQSH dollari) kamaytirishi mumkin xolos. Jarima taxminan 250-300 minggacha tushishi mumkin. Biroq unutmaslik kerakki sudga murojaat qilishning o'zi 50-60 ming AQSH dollari turadi. Yana yuqori malakali advokat xizmati uchun 20-30 ming AQSH dollari to'lash kerak bo'ladi. Agar sudda yutib chiqilgan taqdirda "Navbahor" taxminan 320 ming dollar yo'qotadi (250+50+20). Hozir biz 250 ming so'rayapmiz. Xulosa o'zingizdan", - deydi Mixail Prokopec championat.asia saytiga.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика