So’nggi yangiliklar

12:50Роберт Левандовский 2025/26 йилги мавсумдан сўнг "Барселона"ни тарк этиши мумкин  1 12:16ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувини сингапурлик ҳакам бошқаради  5 11:47U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон билан дуранг ўйнаган Ўзбекистоннинг гуруҳида вазият қандай?  13 11:20Ислом Исмоилов Канада билан ўйиндан сўнг: "Пенальтилар серияси доим режамизда бўлади"  1 10:45Саудия клублари Ҳарри Магуайрга қанча маош таклиф қилгани маълум  1 10:09Вильям Салиба қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 09:30Here we go! Онана "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда  18 08:58"Ал Аҳли" Франция U-21 аъзосини 25 миллион еврога сотиб олди  3 08:17Роналду Мессидан ўтиб кетди  21 07:50ЖЧ-2026 саралаши. Португалия Арманистон устидан 5:0 ҳисобида ғалаба қозонди, Англия Андоррани енгди, Сербия эса Латвиядан устун келди  8 07:35Дембеленинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қанча муддатга сафдан чиққани эълон қилинди  5 23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  15 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  2 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  4 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  79

16 klub ishtirokidagi Superliga formati yuzasidan PFLning rejasi Yangiliklar

16 klub ishtirokidagi Superliga formati yuzasidan PFLning rejasi

2025 yilgi mavsumdan boshlab Superliga g'olibligi uchun 16 klub kurash olib boradi. Bu esa tabiiyki o'yinlar soninining oshishiga olib keladi.

2019 yildan buyon Superligada 14 klub ishtirok etib kelayotgan bo'lib, musobaqada o'yinlar soni 182 tani tashkil etayotgandi. Kelasi mavsumdan boshlab esa o'yinlar soni 240 taga etadi. Yani, har bir klub 15 tadan uy va safar uchrashuvida maydonga tushadi. Mamlakat kubogi uchrashuvlarini ham qo'shib hisoblasa, Superliganing xalqaro maydonda ishtirok etmayotgan jamoasi uchun mavsum davomida minimum 33 ta rasmiy o'yin kafolatlanadi.




PFL rejasiga ko'ra, Superligada 16-o'rin bilan kifoyalangan klub Proligaga tushib ketadi. 12-15-o'rinlar esa musobaqadagi o'rnini saqlab qolish uchun pley-off o'yinlarida ishtirok etadi. 12-o'rinda borayotgan jamoaning ham xavf ostida bo'lishi sovrinli o'rinlar uchun kurashdan chiqishi mumkin bo'lgan tahminan 6 tadan 10 tagacha klubni mavsum davomida xushyor bo'lishga undashi mumkin.

Pley-off o'yinlari finaldek o'tishi uchun odatga ko'ra har bir to'qnashuv faqat bir martadan o'tkaziladi. Uning birinchi bosqichida mavsumni 15-o'rinda yakunlagan klub 12-jamoa maydoniga safar etadi, shuningdek, 13-o'rindan joy olgan jamoa 14-jamoani o'z uyida qabul qiladi. Yani, mavsumni nisbatan yuqoriroq o'rinda yakunlagan jamoaning imkoniyati biroz ko'proq bo'ladi. Ammo yakunda pley-off ishtirokchilari orasida nisbatan yaxshiroq poziciyada turgan klub ham Superliga bilan xayrlashishi mumkinligini hisobdan chiqarmaslik kerak.

Birinchi bosqich g'oliblari Superligadagi o'rnini saqlab qoladi. Mag'lub klublar esa ikkinchi bosqichda o'zaro maydonga tushadi. Bellashuv mavsumni yuqoriroq o'rinda yakunlagan jamoa maydonida o'tkaziladi. Ikkinchi bosqichni ham mag'lubiyat bilan yakunlagan jamoa pley-offning so'nggi bosqichini Pro Liganing ikkinchi jamoasi maydonida o'tkazadi.




Superliga ishtirokchilari sonining 16 taga etkazilishi licenziyalash talablari bilan bog'liq hisoblanadi. Yani, o'tgan 5 yil davomida PFL aynan mana shu sabab tufayli 16 talik format taklifiga qarshi chiqib kelgan. Ammo so'nggi ikki mavsum yakuniga ko'ra O'zbekiston OFK licenziyalashida faollik ko'rsatdi va bugunga kelib 19 ta klub OFK licenziyasiga ega bo'ldi.

Superliga uchun pley-off o'yinlarini Superliga ishtirokchilari boshlab berayotgani ham bejizga emas. Boisi, musobaqada klublar soninining 16 taga etkazilishi Proligada licenziyalash bilan bog'liq ayrim muammolarni keltirib chiqaradi. SHu sababdan pley-off o'yinlariga Proliganing bir nechta klubini jalb etishga PFL hozircha tayyor emas. SHundan kelib chiqib, 2025 yilgi mavsumni Pro Liga g'olibi sifatida yakunlagan jamoa Superligaga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma olsa, musobaqaning ikkinchi jamoasi yarimta yo'llanmani butun qilish uchun pley-off o'yinlarida ishtirok etishiga to'g'ri keladi.

PFL shu va boshqa rejalarni tez orada o'tkaziladigan O'zPFL Ijroiya qo'mitasi yig'ilishida himoya qiladi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика