So’nggi yangiliklar

23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  4 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  12 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  397 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  3 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2 21:40Луис де ла Фуэнте: "Ямал борасида ҳавотир олмасангиз ҳам бўлади"  0 21:20Вернер қаерга боради?  0 20:58Карло Анчелотти 40 ёшли Модричнинг "Милан"да ўйнаётгани ҳақида гапирди  0 20:18МЛСда тизим ўзгармоқда: "Бу янги эранинг бошланиши бўлади"  2 19:54"Байер" асосий футболчиси "Бавария" кузатуви остида  0 19:10Райс, Ямаль, Дейола... "Пушкаш" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  5 18:44Рафинья "Олтин тўп"ни қўлдан бой бергани ҳақида гапирди  6 18:18Япония Ганани, Корея эса Боливияни доғда қолдирди  2 17:55Хорватиялик футболчи касбини ўзгартиради: у Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан сартарошлик қилди  2

14-o'rindagi "Turon" 2022 yilni ham Superligada davom ettiradi, agar... Yangiliklar

14-o'rindagi "Turon" 2022 yilni ham Superligada davom ettiradi, agar...

14ta jamoa ishtirok etayotgan liganing, 14-o'rinida turgan Yaypanning "Turon" jamoasi 14ta mag'lubiyatga uchragan holda, 14 ochkoga ega bo'lib turibdi.

Lekin shunga qaramay jamoa elit ligada qolishi mumkin. Ajabo, qanday qilib deysizmi? Hammasi oddiy, ja hammasi emasku, lekin 50% ularning o'z qo'llarida.

Keling avval keyingi ikki tur taqvimiga nazar tashlaymiz, aniqroq qilib yozsak, autsayderlarga.


25-tur.
"Bunyodkor" - "Surxon"
"Andijon" - "Navbahor"
"Metallurg" - "Turon"
"Mashal" - "Qizilqum"
26-tur.
"Turon" - "Andijon"
"Surxon" - "Mashal"
"Qizilqum" - "Metallurg"



Guvohi bo'lganingizdek, "Turon"ning keyingi ikki o'yini, superligada jon saqlash uchun kurash olib borayotgan ikki asosiy raqibi. "Metallurg"ni mag'lub etgan taqdirda yaypanliklar finalga "Andijon" bilan o'ynaydilar. Lekin o'sha kuni, aynan o'sha vaqtda ikkinchi final Navoiyda bo'lib o'tadi. "Qizilqum" o'z maydonida "Metallurg"ga qarshi lashkar tortadi. Ikki final "Turon" foydasiga hal bo'lsa va bir tur avval "Andijon" vodiy derbisida "Navbahor"ni mag'lubiyatga uchrata olmasa (so'nggi tur oldidan 20 ochkoga ega bo'ladi) unda bu klub Superligada qoladi, faqat.. Faqat katta ehtimol bilan Pro Ligada 3-o'rinni qo'lga kiritgan "Olimpik" bilan o'tish turnirida o'ynaydi. Har holda bu 13 yoki 14-o'rindan ancha yaxshi vaziyat.



Yuqorida biz "Turon"ga oid taxminlarni elon qildik. Endi navbat "Andijon"ga. Burgutlarning holatiga ham havas qilib bo'lmaydi. Keyingi turda "Navbahor" mag'lubiyatga uchratilgan taqdirda, ular katta ligada qolishlar uchun "Metallurg" ikkita o'yinning bittasida ochko yo'qotishi kerak. O'tish turnirisiz superligada qolishlari uchun esa, "Mashal" keyingi ikki o'yinda, 2ta g'alaba qozona olmasligi kerak. SHunda "Andijon" "Mashal"dan yuqorida bo'ladi, "Metallurg" 100% natija qayd eta olmasa, vodiyliklar 100% superligada qoladilar.

"Metallurg"ning vaziyati "Turon" va "Andijon"ga qaraganda ko'p emasku, oz bo'lsada biroz engilroq. Uyda "Turon"ni mag'lubiyaga uchratsa, hech nima yo'qotmaydigan "Qizilqum"ga safar qiladi. Ammo bu yil avvalgilaridan farqli ravishda, adolat yo'lidan ketgan Hamid Aktamovdan ochko olish oson bo'lmaydi.

"Mashal" va "Surxon"da vaziyat ko'p emasku, biroz engilroq.

Bu shunchaki taqvimdan kelib chiqqan taxminlar xolos. Vaziyatga faqatgina 90-daqiqa tugagandan keyin o'zgaradigan turnir jadvali javob beradi.


Menimcha bu erda hech qanday tanqid yo'q, muallifi shart bo'lmasa kerak.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика