So’nggi yangiliklar

19:20Евгений Жук: "Бугун, айнан бугун менинг она шаҳрим Киев 5 соат ўққа тутилди"  0 19:18Кападзе навбатдаги икки ўйинда миллий жамоамизни бошқарса...  2 19:02Жалолиддин Машарипов: "Катанец билан бундай ҳолат рўй бериши биринчи марта эмас"  4 19:00Ихор Корсун: "Турнир давомида бизни қўллаб-қувватлаб турган ўзбекистонлик ва қозоғистонлик мухлисларга миннатдорчилик билдираман"  0 18:41Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоаси КХДРга қарши сафар учрашувини Лаосда ўтказади  3 18:31Даниил Абакшин: "Энг яхши тўпурар ва ассистентлар сафида бўлиш ёқимли"  0 18:18Уассини Гирио: "Ҳисоб 0:2 пайти гол урдик, кейин нималар бўлганини билмайман"  0 18:07Суҳайл Муҳиддин: "Украинага қарши ўйинга тайёр эмасдик"  0 17:49Ҳендерсон Премьер-лигага қайтиши мумкин  0 17:22Тимур Кападзе: "Сречко Катанецга соғлиқ тилаймиз. Ўйлайманки, ассистентлар бу вазиятдан чиқиб кетади"  27 16:58Жаҳон чемпионига айланган Бразилия футзалчилари қандай фикрда?  0 16:30Аргентина футзалчилари финалдаги мағлубиятдан сўнг нималар дейишди?  1 16:04Transfermarkt Франция чемпионати футболчиларининг нархини янгилади. Абдуқодир Ҳусановнинг янги нархи қанча бўлди?   11 15:56"Арсенал" ярим ҳимоячиси билан шартномани узайтиришга тайёр  0 15:29Слот "Ливерпуль" тарихига кирди  1

11 yil oldingi intervyu. Ravshan Haydarov: "Mening hech qanday tanish-bilishim yo'q" Yangiliklar

11 yil oldingi intervyu. Ravshan Haydarov: "Mening hech qanday tanish-bilishim yo'q"

Xitoyda bo'lib o'tayotgan U-23 Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi finalga chiqdi. Endi vakillarimiz 27 yanvar kuni musobaqaning hal qiluvchi final bahsida Vetnamga qarshi maydonga tushishadi.

Albatta, finalga chiqishning o'ziyoq biz uchun tarixiy natija. CHunki avvalgi ikki musobaqada hatto guruhdan chiqa olmagandik.


Ushbu natija zamirida murabbiylar shtabining mehnati katta ekanligini aytib o'tmasak bo'lmaydi. Ayniqsa bosh murabbiy Ravshan Haydarov jamoa finalga etib kelishi uchun katta hajmdagi ishni bajardi deya olamiz. Birinchi o'yinda Qatarga imkoniyatni boy berganimizdan so'ng ko'pchilik Haydarovni tanqid qilgani bor gap. Ammo endi vaziyat o'zgardi, hammamiz jamoadan chempionlikni kutyapmiz.

O'zbekiston finalga chiqqach, menda Ravshan Haydarov haqida maqola yozish fikri tug'ildi. SHu payt bundan ancha oldin Haydarov bilan qilgan suhbatim yodga tushdi. Elektron pochtamning arxivini titkilab o'sha intervyuni topdim. Intervyu 2006 yilning oktyabr oyida "Futbol Ekspress" gazetasida chop etilgan ekan. Mana shunga ham 11 yil bo'pti. Bu 2006 yilda tug'ilgan bola 11dan oshib 12 yoshga qadam bosdi deganidir.

Quyisha o'sha suhbatning ayrim savol-javoblarini o'zgartirmagan holda keltirib o'tamiz. Balki bu ham o'quvchilarimizga maqul kelsa ajab emas. Qolaversa, Haydarovning o'zi ham o'qiydigan bo'lsa, o'sha eski xotiralarni yodga olishiga shubham yo'q.

Ravshan Haydarov: "Mening hech qanday tanish-bilishim yo'q"

"Paxtakor" joriy mavsum ham o'zidan kutilgan o'yinni ko'rsatyapti. Yil boshida ushbu jamoani Valeriy Nepominyashiy qabul qilib olgandi. Biroq uning ustozligida paxtakorchilar CHempionlar ligasida munosib ishtirok eta olishmadi. Keyinchalik milliy terma jamoamiz Toshkentda Gonkong bilan durang o'ynagach, Nepomnyashiy "Paxtakor"dagi vazifasidan ozod etildi va uning o'rniga Ravshan Haydarov bosh murabbiy etib tayinlandi.

Haydarov haqida so'z borganda har kim turlicha fikr bildiryapti. Bazilar uni omadli murabbiy desa, boshqalar "Paxtakor" shundoq ham kuchli bo'lgani uchun Haydarovning bu erda ishi yurishyapti deyishmoqda. Hatto oramizda Ravshan Haydarovning futbolda "o'z odami" bor, shu bois "Paxtakor"da ishlab yuribdi deyayotganlar yo'q emas. Xo'sh, aslida ham shundaymi? Biz yaqinda "paxtakorchilar" bosh murabbiyi bilan uchrashib, bazi savollarga javob oldik.

- Ravshan Akmalovich, "Paxtakor" milliy terma jamoaga baza bo'lganidan beri chempionlikni mavsum poyoniga etmayoq qo'lga kirityapti. Ayting-chi, shogirdlaringiz uchun chempionatda o'ynashning qiziqarli tomonlari bormi?
- O'ylaymanki, futbolchilar chempionlikka shunchaki oddiy qarashmaydi. "Paxtakor"ning 4-5 yildan beri muddatdan oldin chempion bo'lishi bu erda olib borilayotgan katta hajmdagi ishning mahsuli deb bilaman. Biz chempionlikka osonlikcha erishayotganimiz yo'q. Jamoa mavsum mobaynida bir tekis o'yin ko'rsatishi uchun oliy liga boshlanishidan avval yaxshi tayyorgarlik olib boramiz. Mavsum oldidan chempionlik bizning qo'limizda degan fikr hech kimda bo'lmaydi. Faqat jiddiy tayyorgarlik ko'rishga intilamiz. Futbolchilarni doim yuqori saviyada ushlab turish uchun ko'p mehnat qilish kerak. "Paxtakor"da bosh murabbiy bo'lmasa ham, jamoa zafar quchaveradi kabi gaplarni ko'p eshitdik. Ammo bu noto'g'ri fikr.

- Futbolchilarni kuchsiz jamoalar bilan bo'ladigan o'yinlarga qanday tayyorlaysiz?
- "Neftchi", "Nasaf" singari kuchli klublarga qarshi jamoani tayyorlash kuchsiz klublarga qarshi oson kechadi. CHunki yigitlar qaysi o'yinda oson, qaysi birida qiyin bo'lishini yaxshi bilishadi. Quyi o'rinlarda borayotgan jamoalarga qarshi futbolchilarni tayyorlash oson emas. Negaki, istaysizmi-yo'qmi, bunday paytda futbolchida baribir g'alaba qozonamiz degan fikr bo'ladi. Murabbiyning vazifasi esa futbolchida shunday fikr kelmasligining oldini olish.

- Tarkibi nomdor o'yinchilardan iborat jamoani boshqarish uchun murabbiy qanday bo'lishi kerak?
- Yulduzlar hurmat qiladigan murabbiy bo'lish kerak. Lekin men chempionatimizda yulduz o'yinchilar ko'p degan fikrdan yiroqman. Mashhur futbolchilarning ko'payishi jamoa qanday muhitda ekanligi va ishlar qay tarzda olib borilayotganiga bog'liq. Bazi jamoalar kimnidir suniy yulduz qilib qo'yishadi. Mag'lubiyatga uchrasa o'sha futbolchi o'ynamagani uchun shunday bo'ldi deyishadi. "Paxtakor"da esa bu kabi holatlar imkon qadar kuzatilmaydi. Zaxira o'rindig'imiz ham tor emas. O'rinbosarlar asosiy tarkib vakillari o'rnini bemalol bosa olishadi. Qaerda raqobat yo'q bo'lsa, O'sha joyda futbolchilarning yulduzlik kasaliga uchrashi kelib chiqadi. CHunki futbolchida men almashtirib bo'lmaydigan o'yinchi ekanman degan fikr yuzaga keladi.

- Ichki muhitga tasir o'tkazish holati jamoada birinchi bor kuzatilishimi?
- Yo'q, bu har doim bo'lib kelgan. "Paxtakor"da futbolchilarning qanday tarbiya olgani muhim ahamiyat kasb etadi. Futbolchi zo'r o'ynashidan qatiy nazar, intizomni buzdimi shunga yarasha jazosini olishi kerak.

- O'yin paytida qaysidir futbolchi keraksiz vaziyatda qizil yo sariq kartochka olsa, unga jazo berasizmi?
- Albatta. Bu narsa har bir futbolchining shartnoma qog'oziga yozib qo'yilgan. Jazolashga kelganda, ko'pincha moddiy jazo qo'llaymiz. Lekin futbolchi uchun eng katta jazo bu keyingi o'yinni o'tkazib yuborish.

- Ravshan Haydarov shogirdlariga nisbatan qattiqqo'l emas degan gaplarni eshitamiz. O'zingizni qanday murabbiy deb hisoblaysiz?
- Murabbiylar asosan ikki xil bo'ladi, to'g'rimi? Diktator va demokrat. Bir narsani aytishim mumkin, men diktator murabbiy emasman. Men kim bilan qanday muloqotda bo'lishni va mashg'ulotlarni qay usulda o'tkazishni o'zimga yarasha bilaman. Qandayligimga baho berish esa avvalo rahbariyat, keyin jurnalist va muxlislarning ishi. Bu borada o'zimga o'zim baho bera olmayman.

- Hech futbolchilarga baqirgan paytingiz bo'lganmi?
- Albatta. Busiz ishlashning iloji yo'q. Ammo hadeb o'yinchilarga baqirish, maydon chetidan turib baland ovozda ko'rsatma bergan bilan ish bitmaydi. Menimcha, murabbiy o'yin boshlangunga qadar hammasini tushuntirib berishi lozim. SHaxsan men shunday usul tarafdoriman. "Sizlar maydonga chiqib o'ynayveringlar, qolganini chetdan o'zim aytib turaman" deyishdan foyda chiqmaydi.

- Siz haqingizda gap ketganda, bazilar Haydarovning yuqorida tanish-bilishi bo'lsa kerak, ham "Paxtakor"da, ham terma jamoada murabbiylik qilyapti demoqda. Bunday gap-so'zlarga javoban nima deysiz?
- Kim ekan tanishim? Men oddiy pedagog oilasidan chiqqanman. Dadam televidenieda rejissyor bo'lib 40 yil ishlagan. Onam esa o'rta maktabda dars berganlar. Qarindoshlarim orasida hech kim katta-katta lavozimlarda ishlamagan. Andijonga borganimda, shu erlik muxlislardan biri oldimga kelib, avval "Traktor" zavodida ishlagan ekansiz, keyin o'sha erda o'ynab "Traktor" jamoasiga murabbiy bo'lganingiz rostmi deb so'rab qoldi.

To'g'risi, uning gaplari menga juda og'ir botdi. 1979-80 yillarda SHahrixonda ikki yil to'p surganimni nahotki andijonlik muxlislar bilishmasa?! SHuningdek, "Dinamo" Samarqand safida to'rt yil o'ynaganman. Hatto "Paxtakor" o'rinbosarlari va Xorazmda ham to'p tepganman. Faqat faoliyatimni tugatish arafasida "Traktor"ga kelganman. Hayotim futbol bilan chambarchas bog'liq desam xato bo'lmaydi.

Men sizga aytsam, murabbiyning qanday ekanligi maydonda bilinadi. Axir murabbiylik kabinetda o'tirib bajaradigan ish emas, yaqin tanishing borligi uchun hech kim senga g'ing deyolmasa. Men bir narsaga tushunmayman, qanday qilib tanish-bilish orqali murabbiylik kursisini egallagan odam futbolda yuqori natijalarni qo'lga kirita oladi? SHu paytgacha nimaga erishgan bo'lsam, ko'p yillik mehnatim hosili deb bilaman.

Men futbolga boshqa sohadan adashib kelib qolgan odam emasman. Siz jurnalistlar shuni muxlislarga etkazib qo'yinglar. Yana bir gap. Germaniyaga o'qishga borishimdan oldin ro'yxatda uch kishining nomzodi ko'rsatilgandi: Igor SHkvirin, Farhod Magometov va men. Nomzodlar orasidan faqat meni tanlab olishganida, nega ularni chaqirmadinglar, yana xafa bo'lib qolishmasin deb so'ragandim. O'shanda sizning murabbiylik sohasida ikki yillik tajribangiz bor ekan, shuning uchun taklif qilyapmiz degan javobni oldim. Ehtimol, "Paxtakor"da ishlab menga omad kulib boqqandir, ammo yana qaytarib aytaman, bu klubda yoki terma jamoada ishlashim uchun hech qanday tanish-bilishchilik bo'lmagan.

- Sizda shu paytgacha o'rtamiyona jamoalardan birini boshqarib, nimanidir isbotlash fikri tug'ilganmi?
- "Paxtakor"ga kelmasimdan oldin "Traktor"da edim. Jamoa 8-10 o'rinlarda yursa ham bu ko'rsatkich "Traktor", qolaversa mendek yosh murabbiy uchun katta natija edi. "Paxtakor"da ishlashni esa o'zim uchun baxt deb bilaman. CHunki bu erda faoliyat yuritayotgan murabbiy hali u yoqqa, hali bu yoqqa chopib pul topish ilinjida bo'lmaydi. Mening vazifam murabbiylik va qo'ldan kelgancha rahbariyat ishonchini oqlashga harakat qilaman.

Reyting: -107   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика