So’nggi yangiliklar

02:02АПЛ. "Брайтон" ўз уйида Премьер-лига чемпионини мағлубиятга учратди  1 00:58Виталий Левченко: "Юлдузли жамоалар ҳар доим ҳам натижага эришавермайди. Шунчалик саволларингиз кўп-ми?"  1 00:44ЦСКА мағлубиятдан қутилиб қолди, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  2 00:30Суперлига. Тўхтахўжаев ОКМКни мағлубиятдан қутқариб қолди, Аброр Исмоилов эса икки дақиқа ичида иккита гол урди  2 00:27Миржалол Қосимов: "Биз биринчи ўринга чиқиб олдик. У захирада уйқусираб ўтирган эди"  3 00:05Аморим қишда МЮни тарк этиши мумкин эди, аммо...  0 23:10"Ман Сити" Виртцнинг трансфер нархи юқорилиги сабабли ундан воз кечди. Келишув клубга умумий ҳисобда 300 миллион еврога тушиши мумкин эди (BBC)  4 22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  18 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  103 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  12 20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  1 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  11 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  59 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  9

11 yil oldin - SHveciyaning to'rtinchi ligasi, bugun - "CHelsi". Murabbiy Grem Potterning yo'li Yangiliklar

11 yil oldin - SHveciyaning to'rtinchi ligasi, bugun - "CHelsi". Murabbiy Grem Potterning yo'li

Pep undan doim hayratda.


"CHelsi" bir sutkada Tomas Tuxel uchun o'rinbosar topdi. Yangi murabbiy "Brayton"dan Grem Potter bo'ldi.


Potter uchun 21 mln funt tovon puli to'lanadi, Londonga uning shtabi ham keladi. 47 yoshli murabbiy 5 yillik shartnoma imzoladi. Pochettino varianti ko'rilgan bo'lsa ham, Grem bo'sh joy uchun asosiy davogar edi.


"Men ushbu aqlbovar qilmas futbol klubi bo'lgan "CHelsi"ni boshqarishdan faxrlanaman va hayajondaman. "CHelsi"ning yangi xo'jayinlari bilan ishlash imkoniyatidan juda ham mamnunman. Ushbu jamoaning ajoyib o'yinchilari bilan uchrashuvni sabrsizlik bilan kutyapman. "CHelsi"da bizning ajoyib muxlislarimiz faxrlanadigan jamoa va madaniyatni rivojlantirmoqchiman", — deb aytdi Potter yangi klubidagi ilk gaplarida.


Grem Potter va uning APL top-klubigacha bo'lgan yo'li haqida gaplashamiz.


Potter 11 yilda SHveciyaning to'rtinchi ligasidan "CHelsi"gacha keldi. Bu mo'jiza emasmi?


• "CHelsi" bosh murabbiyi hatto ingliz standartlari bo'yicha ham taniqli futbolchi bo'lmagan. Potter himoyachi bo'lgan va "Sautgempton" safida Premer-ligada atigi 8ta o'yin o'tkazgan, qolgan faoliyatini esa pastki divizionlarda o'tkazgan.


"Hech qachon yaxshi daraja yoki shunga yaqin ham bo'lmaganim ayon. Bu haqiqat", — deb tan olgan Grem Inews.co.uk. bilan muloqotda o'zini ayblagan holda. — Agar sizda 13 yil professional tarzda futbolda o'ynash imkoniyati bo'lsa, unda omadlisiz. Ammo, butun mamlakat bo'ylab, yumshoq qilib aytganda, yaxshi futbolchi bo'lmaganman deb aytadigan muxlislar ko'p bo'lishi mumkin. Bu aniq".


• Potter faoliyatini yakunlaganidan so'ng o'qishga bordi: avvaliga Ochiq universitetda sociologiya bakalavriga aylandi, keyin esa Lids universtitetida etakchilik va hissiy intellekt bo'yicha magistr bo'ldi. Grem shu bilan birgalikda JCH-2007da Gana ayollar terma jamoasining texnik direktori bo'lishga ulgurdi va Britaniyaning turli universitetlarini shug'ullantirdi.


• Murabbiylik faoliyatining boshlanishi angliyalik uchun maksimal tarzda boshqacha boshlandi. Potter 2011 yilda SHveciyaning to'rtinchi divizionida ishtirok etadigan "Estersund" jamoasiga yo'l oldi. Buning uchun Grem oilasi (juftlikda endigina bola tug'ilgan edi) barchasini Angliyada qoldirdi:


"Insoniylik, professionalizm va oilaviy darajada qiyin bo'lgandi. Siz nomalum, yaqindagina to'rtinchi ligaga tushirib yuborilgan va so'nggi yillarda tez-tez murabbiylarini almashtiradigan futbol klubiga tushib qoldingiz".



• "Estersund" Potter qo'l ostida 7 yil davomida to'rtinchi diviziondan Evropa ligasining pley-offigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi. 2017/18 yilgi mavsum Grem jamoasi SHveciya Kubogi g'olibi sifatida evrokubok yo'llanmasiga ega chiqdi va "Galatasaroy", "Fola" (Lyuksemburg) va PAOKni mag'lub etgan holda, saralashning uch bosqichidan o'tdi.


Bu allaqachon sensaciya bo'lgan edi, ammo "Estersund" shundan so'ng "Atletik" (Bilbao), "Gerta" va "Zarya" bor guruhda ikkinchi o'rinni egalladi. Hatto, shvedlar ispan jamoasi bilan bir xil ochko jamg'arishdi — 11tadan. Pley-offda "Arsenal" ro'baro keldi, ammo Arsen Venger jamoasi ham "Emireyts"da 2:1da mag'lub etildi. Ammo, bu 0:3 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng javob o'yini edi.


Bu muvaffaqiyatlar Potterni CHempionshipda ishtirok etayotgan "Suonsi"da ishlash uchun chaqirishlariga etarli bo'ldi. Aytgancha, o'sha "Estersund"ning ikki o'yinchisi APLgacha ko'tarildi: Karl Sema "Uotford"ga o'tdi, Saman Goddos esa "Brentford"da o'ynaydi.


• Potter "Suonsi"da bir yil ishladi, CHempionshipda 10-o'rinni egalladi, APL uchun Deniel Jeymsni ochdi va "Manchester Siti"ni Angliya Kubogidan chiqarib yuborishiga oz qoldi: 2:0 hisobida oldinda borayotgan jamoa, penalti va Agueroning yaqqol ofsayddan urgan goli tufayli 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi.


Gremga o'shanda "Brayton" aloqaga chiqdi — murabbiy Premer-ligada ishlashi imkoniyatini qo'yib yubormadi. U erda ham barchasi "o'xshadi".



Gvardiola Potterni eng yaxshi angliyalik murabbiy deb atadi. Grem tanishuvda "CHelsi"ning yangi xo'jayinini ham "maftun" qildi


• Potterning "Brayton"i — bu asta-sekin yuqoriga qarab harakatlanish demak. Grem ilk mavsumda "Brayton" uchun rekord 41 ochko (39ta kiritilgan gol) jamg'ardi. Bu 15-o'rinni olib keldi, Potter yana "Arsenal"ni 2:1 hisobida yutdi ham.


Kelasi yili ham natija taxminan huddi shunday bo'ldi — 41 ochko, 40ta gol va 16-o'rin. Ammo, Potterning jamoasini ligadagi eng omadsizi deb atashdi. Ular yorqin o'yin ko'rsatishdi, barcha "shtanga"larni "poylashdi", ammo ko'plab vaziyatlardan foydalana olishmadi.


O'tgan mavsumni 9-o'rinda yakunlashdi — "Brayton" uchun rekord. Tarixdagi eng yaxshi natijani kuchli start (dastlabki beshta turdagi 4ta g'alaba) va "uyg'oq" finish taminlab berdi — apreldan buyon to'qqizta o'yinda 5ta g'alabaga erishishdi va faqatgina "Manchester Siti"ga imkoniyat boy berildi.


"Brayton" hozirda "CHelsi" va "Liverpul"dan oldinlagan holda, to'rtinchi o'rinda bormoqda. Ular birinchi turdayoq MYUni "Old Trafford"da taslim etishgan.


• Potter muntazam ravishda hamkasblari tomonidan hurmat va hayratga sazovor bo'ldi.


"Brayton" — to'p bilan va to'psiz o'yinlarni tashkil qilish uslubini tanlashda juda ko'p qirrali jamoa. SHu bilan birga, ular to'pni yaxshi nazorat qilishadi va tezda uni o'zlariga qaytarishadi", — Marselo Belsaning fikri.



"Grem Potterning ishini juda ham hurmat qilaman. U haqiqatdan ham kuchli futbol namoyish etadigan jamoa qurdi. Ular buni ajoyib tarzda qilishadi. Juda ham yaxshi murabbiylik ishi", — Yurgen Kloppdan maqtov.


"Ular menga juda ham yoqadi. Ularda ajoyib murabbiy, ajoyib jamoa va o'yinga ajoyib yondashuv bor. Televizorni yoqqaningda, "Brayton" o'ynashni xohlayotganini tushunasan. Ularga qarshi doim qiyin. Ularda yaxshi futbolchilar etarli, Grem Potter timsolida ajoyib murabbiy va ularni yutish o'ta qiyin", — Tuxelning 2021 yilning dekabrida aytgan gaplari.


"Bahsdan oldin o'yinchilarga eng yaxshi ingliz murabbiy oldida ekanligimizni aytdim. Ularning barcha o'yinlarini ko'rganimda, ular raqibdan yaxshi o'ynashi va yaxshiroq statistikaga ega ekanligini bildim", — deb aytdi Gvardiola "Brayton"ga qarshi o'yinlardan biridan so'ng.


Pep umuman Potterning eng asosiy muxlislaridan biri. U tez-tez uni eng yaxshi angliyalik murabbiy deb ataydi va "Brayton"dagi ilk mavsumida ham maqtovlarni "yog'dirib tashlagan":


"Kuzatuvchi sifatida, shunday jamoalarni ko'rishni sevaman. Menga "Brayton" qanday o'ynayotganini ko'rish yoqadi. Sobiq futbolchi sifatida shunday jamoada jon deb o'ynagan bo'lardim. Grem Potter boshqa barcha murabbiylarga futbolda mard bo'lish va yaxshi futbol o'ynash uchun favorit bo'lish shart emasligini ko'rsatdi. Uni juda ham hurmat qilaman. Umid qilamanki, u Premer-ligada qolishga yordam beradigan natijalarga erishadi, sabab ularning o'yini jahon futboliga katta yordam beradi".



• Yozda "CHelsi" xo'jayini Todd Boeli shaxsan Kukurelyaning "Brayton"dan transferi bo'yicha muzokaralar olib bordi. The Athletic'ning malum qilishicha, amerikalik biznesmen Grem Potter bilan bog'lanib, futbolchining shaxsiy fazilatlari va Markning jamoaga qanday mos kelishi haqida ko'proq malumot olish uchun murojaat qilgan.


Boeli Potterdan o'yinchilar bilan ishlash (jumladan, aqliy), u kiyim almashtirish xonasini qanday boshqarishi, top-6dagi klubni boshqarishga tayyorligi haqida bilib olgan.


The Athletic'ning yozishicha, Potterni allaqachon top-6ga chaqirishgan. Bir yil oldin "Brayton" murabbiyini "Tottenxem" chorlagan. Grem o'shanda oila sabab ko'chishga qaror qilmagan — rafiqasi va bolalari Braytonga moslashishgandi. "CHelsi" ham Londondan, ammo "ko'klar"ning bazasi janubroqda joylashgan, Braytondan atigi bir yarim soatlik yo'lda.


Potter yana Levi unga "Tottenxem"da jamoa qurishga vaqt berishiga shubhalangan. Ko'rinishidan, Tuxelni olti turdan so'ng ishdan bo'shatgan Boeli bilan haqiqatdan ham til topishishgan.



"Brayton"ni keyingi o'yinga Lallana tayyorlaydi. Ammo, Potterning o'rnini bosish uchun davogarlar bor


"Brayton" 7-tur oldidan bosh murabbiy va shtabsiz qolib ketdi, shu sabab tezlik bilan echim topish kerak — kimdir jamoani "Bornmut" (uni Elizaveta II'ning o'limi sabab ko'chirishlari mumkin)ga qarshi o'yinga tayyorlashi kerak. Hozircha vaqtinchalik yoshlar murabbiyi Endryu Kroftsni tayinlashdi. Unga jarohatdan tiklanayotgan Adam Lallana yordam beradi.


Ammo, "Liverpul" sobiq yarim himoyachisi hali faoliyatini yakunlamoqchi emas. "Brayton" xo'jayini Toni Blum esa allaqachon uni yangi bosh murabbiyga "aylantirmoqda". Blum tahlilni sevadi, shu sabab o'rinbosarni topish qiziqarli vazifaga aylandi.


The Independent ro'yxatda "Seltik" bilan jiddiy muvaffaqiyatlarga erishgan Enj Postekoglu, "Bude-Glimt bilan Konferenciyalar ligasida shov-shuv ko'targan Ketil Knutsen, "Brentford"dan Tomas Frank va "Brayton"da oldin ishlagan "Luton"dan Natan Jons borligini yozmoqda.


Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика