So’nggi yangiliklar

12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  0 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  3 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  0 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  1 09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  1 08:57"Бухоро" икки нафар тажрибали футболчилар билан шартнома имзолаши мумкин  6 08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  8 08:00"Динамо" легионери "Бунёдкор" ёки "Андижон"га ўтиши мумкин  1 07:30Хато тан олинди: "Арсенал" дарвозасига пенальти белгиланиши керак бўлган  4 02:58АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади  15 01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  3 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  15 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  7

1 tadan gol va assistga mualliflik qilgan futbolchi, jamoasi mag'lubiyatga uchramasligini taminlagan posbon - Superligada 22-tur laureatlari Yangiliklar

1 tadan gol va assistga mualliflik qilgan futbolchi, jamoasi mag'lubiyatga uchramasligini taminlagan posbon - Superligada 22-tur laureatlari

"Championat.asia" o'tkazilgan bahslar asosida 22-tur laureatlarini aniqladi.

"Surxon" posboni Artyom Potapov "Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra 22-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. 

Termizliklar darvozaboni 22-turda ko'plab seyvlarni amalga oshirib, jamoasi Farg'onada "Neftchi" bilan durang (1:1) o'ynashida katta hissasini qo'shdi. Legioner futbolchi darvozasini ishonchli tarzda qo'riqlagani uchun tur darvozaboni bo'lishga erishdi.  


"Paxtakor" himoyachisi Dilshod Saitov "Championat.asia" talqinida 22-turning eng yaxshi futbolchisi deya elon qilindi.  

Maydonda o'zining faol harakatlari bilan ajralib turgan Dilshod Saitov 1 ta gol va 1 ta assist qayd etib, "Turon" ustidan qozonilgan yirik g'alabada jonbozlik ko'rsatdi. 



"Paxtakor" azosi Dilshod Saitovning olis masofadan "Turon" darvozasiga kiritgan to'pi "Championat.asia" talqiniga ko'ra 22-turning eng chiroyli goli (VIDEO) deb tan olindi. 

Qanot vakili "Turon" bilan bahsda chamasi 25 metrdan zarba berib, Humoyunshox Sayyotovni ojiz qoldirdi va hisobni ochdi.


"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev "Championat.asia" talqiniga ko'ra 22-turning eng yaxshi murabbiyi sifatida etirof etildi.

Qarshiliklar ushbu tur mehmonda "Navbahor"ni mag'lub etishdi (1:0). Tur markaziy bahsida jamoasini g'oliblik sari etaklagani bois Berdiev haqli ravishda tur murabbiyiga aylandi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика