Zuma "Vest Xem" bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi

Alisher
23 avg 2021, 11:11
"Chelsi" himoyachisi Kurt Zuma "Vest Xem"ga o'tishga yaqin.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, 26 yoshli fransiyalik futbolchi "bolg'a urarlar" bilan 2026 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.

Oldinroq, o'yinchiga Londonning "Tottenxem" klubi qiziqish bildirayotgani aytilgan edi.

Zuma o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 36ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira