

Ukrainalik himoyachi Aleksandr Zinchenko jarohatdan tiklandi va umumiy guruhdagi mashg'ulotlarga kirishdi.
Eslatib o'tamiz, 24 yoshli o'yinchi 5-tur doirasidagi "Sautgempton"ga qarshi o'yin oldidan jarohat olgan edi.
Mushak jarohati xavbekka Ukraina terma jamoasi safida oktyabr oyidagi Finyandiya va Bosniya va Gercovinaga qarshi o'yinlarda harakat qilish imkonini bermadi.



