

Men qoldim, chunki klubga hali beradigan narsam bor deb hisobladim.
Albatta, Saudiya Arabistoni va pullar haqidagi gaplar... Juda ko'p taklif qilishdi. Rafiqam ham xuddi men kabi hayotga real qaraydigan inson ekanligi yaxshi bo'ldi. Biz dunyodagi eng boy odam bo'lishga intilmasligimizni yaxshi tushunamiz. Shu shunchaki orzularimizni amalga oshirishni, farzandlarimiz bilan yaxshi hayot kechirishni va imkon qadar ko'proq muvaffaqiyatga erishishni istaymiz.
Rafiqam menga: "Sen orzularingga erishdingmi? Xohlagan hamma narsangga erishdingmi?" - qabilida savol berdi. Uning shu kichik gapi menga u meni qo'llab-quvvatlayotganini anglatdi.
Harakatni davom ettirish va bu nimaga olib kelishini ko'rish kerak. Men klub qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan bir vaqtda u yerdan ketgim kelmadi.
Men Premer-ligada g'olib chiqmoqchiman. Chempionlar Ligasida zafar quchmoqchiman. Hech qachon bu maqsadlarimdan voz kechmayman.



