Zidan "Real"ga qaytmoqchi emas

Mirjalol Normatov
19 dek 2025
"Real"dagilar Zinedin Zidanni kutishi shart emas.

Fabricio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, "qirollik klubi" sobiq bosh murabbiyining Fransiya futbol federatsiyasi bilan milliy jamoa boshqaruvi bo'yicha og'zaki kelishuv mavjud. Zidan JCH-2026 dan keyin Fransiya termasi bosh murabbiyiga aylanadi. Biroq hali tomonlar shartnoma imzolamagan.

Oldinroq uning "Real", "Manchester Siti" va "Chelsi" bilan muzokaralar o'tkazgani borasida ma'lumotlar berilgandi. Romano ushbu xabarlar noto'g'ri ekanligini yozib o'tgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano