Zidan "Real"dan ketsa faoliyatini qayerda davom ettirishi ma'lum bo'ldi

Agarda "Real" Zinedin Zidanga chiqish eshiklarini ko'rsatib qo'ysa mutaxassis Fransiya terma jamoasini boshqaradi.

Bu haqda El Confidencial nashri xabar bermoqda. Agarda, Fransiya futbol Federatsiyasi Zidanga milliy terma jamoani boshqarish taklifi bilan chiqsa murabbiy ushbu taklifni xursandchilik bilan qabul qilishi mumkin. Manbaning xabariga ko'ra, Fransiya terma jamoasi JCH-2018da ijobiy natija qayd etolmasa fransiyaliklar Dide Deshamni iste'foga chiqaradi. YCHL finalida "Real" "Liverpul"ga mag'lub bo'lsa ham Florentino Peres Zidanni jamoada olib qoladi.


Manba: footballhd.ru