Zidan "Manchester Yunayted" boshqaruviga kelishi mumkin

Sherzod Nurmatov
9 sen 2024, 12:54
"Real" sobiq futbolchisi va murabbiyi Zinedin Zidan murabbiylik faoliyatini davom ettirish ehtimoli mavjud.

"Manchester Evening News" xabariga ko'ra, Zidan "Manchester Yunayted"ni boshqarishi mumkin. Klub rahbariyati Erik ten Hagni muddatidan oldin istefoga chiqarish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. "Iblislar" kabinetida Zidan nomi ko'p yangramoqda, fransiyalik mutaxassisning o'zi MYU bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor.

Eslatib o'tamiz, Zinedin Zidan 2016 yildan 2018 yilgacha, shuningdek, 2019 yildan 2021 yilning mayigacha "Real" bosh murabbiyi bo'lgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Manchester Evening News