Zidan - jurnalistga: "Yur, kamerasiz gaplashib olamiz"

Alisher
14 iyun 2021
"Real" sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan kecha Segunda pley-offi doirasidagi "Rayo Valekano" va "Jirona" (1:2) o'yiniga tashrif buyurdi.

"Rayo"da fransiyalik mutaxassisning o'g'li Lyuka Zidan o'ynaydi.

O'yindan so'ng Zidanga GOL jurnalisti Serjio Kirante yuzlandi. U francuzga "Real"dan ketishi va klubni qo'llab-quvvatlamagan ochiq xati yuzadigan savol berdi.

Zidan avvaliga jurnalistga e'tibor qilmay yo'lida davom etdi, ammo keyin javob berdi: "Sen huddi o'sha ahmoqona savollaringni bermoqchimisan? Sening ishing - bu sharmandalik.

Men seni, sen esa meni bilasan. Siz bilan doim shu narsa sodir bo'ladi. Yur, kamerasiz gaplashib olamiz", - dedi Zidan.



AlisherMuallif
Manba: Onze