Zidan: "Beyl uchun xursandman, u zaxiradan maydonga tushib, "Al-Jazira"ga qarshi o'yin taqdirini hal qildi"

Aslanov Jasurbek
14 dek 2017, 12:10
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Al-Jazira"ga qarshi klublar o'rtasidagi jahon chempionati yarim final bahsidan so'ng, o'yin haqida fikr bildirdi.

Uchrashuv 2:1 hisobida madridliklarning g'alabasi bilan yakun topdi.

"Garet Beyl uchun xursandman. U zaxiradan maydonga tushib, bahs taqdirini hal qildi. Natija adolatli. Uchrashuv davomida bizga oson bo'lmadi, ammo bu futbol. Bazida to'p darvozaga kirishni istamaydi, ammo o'ynashda davom etib, vaziyatlar yaratish lozim.

Videotakrorlar? Tizim shunday ishlaydi, ko'nikish kerak. Kasemiro urgan gol takroriy lavhasida nima bo'lganini bilmaymiz" - deydi Zidan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS