Zidan: “Azar tayyor. Biz xursandmiz”

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan YCHL 2-turi doirasida “Borussiya M”ga qarshi o'yin oldidan jamoa vingeri Eden Azarning holati haqida gapirdi.

“Azar shug'ullanyapti, u tayyor. Bu yaxshi yangilik. Uni safga qaytganidan xursandmiz.

Edendan uchrashuvda qanday foydalanishni ko'ramiz. Bu biz uchun juda yaxshi yangilik”, – dedi fransiyalik mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, “Borussiya” va “Real” o'rtasidagi uchrashuv bugun tunda 01:00 o'tkaziladi.


Manba: Canal+