Joze Mourinyo: "Eysebiodek insonlar hech qachon o'lishmaydi"

Tolibjon Qosimov
6 yanv 2014
"Chelsi" ustozi Joze Mourinyo afsonaviy Eysebioning vafotiga munosabat bildirdi.
Portugaliyalik sobiq futbolchi kecha 72 yoshida vafot etdi.

– Eysebio Portugaliya uchun Bobbi Charlton yoki Peledek, – deydi Mourinyo Marca nashriga. – U mamlakat uchun juda muhim shaxs edi. Yoshligimdan Eysebio bilan tanish edim. U mening otam bilan birga futbol o'ynagandi.

Eysebiodey insonlar hech qachon vafot etishmaydi. Eysebio buyuk tarix qoldirdi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru