Jovanni van Bronkxorst "Feyenoord" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Narzulla Saydullayev
15 mar 2015, 13:27
Gollandiya terma jamoasi sobiq sardori Jovanni van Bronkxorst "Feyenoord" bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishi mumkin.
Bu haqda Algemeen Dagblad nashri xabar berdi. Ayni paytda jamoani Fred Ryutten boshqarib bormoqda. 2010 yil futbolchilik faoliyatini tugatgan van Bronkxorst 2011 yildan buyon "Feyenoord" klubida yordamchi murabbiy bo'lib ishlab kelmoqda. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net