"Verona"ning braziliyalik yarim himoyachisi Jorjino Italiya terma jamoasi safida o'ynashni istamoqda.
"O'zimni italyandek his qilaman. Umid qilamanki, Jahon Chempionatida Italiya terma jamoasi safida o'ynayman. Hozirgi kunda esa, tezroq qog'ozbozlik ishlari bitishidan umid qilyapman", dedi futbolchi.