Jorje Mendesh: Krishtianu 38-39 yoshida faoliyatini tugatishi mumkin

Narzulla Saydullayev
23 yanv 2015
Real hujumchisi Krishtianu Ronaldu yana taxminan 10 mavsum professional darajada o'ynay olishini uning agenti Jorje Mendesh ma'lum qildi.
Ronaldu yana uzoq vaqt futbol o'ynaydi. U taxminan 38-39 yoshida futboldan ketadi. Ronaldu professionallik namunasi hisoblanadi. U doim o'z sog'ligini birinchi o'ringa qo'yadi, – deydi Mendesh.

Mendeshning aytishicha Krishtianu Ronaldu faoliyatini aynan Realda tugatadi.

Eslatib o'tamiz, 29 yoshli portugaliyalik futbolchi uch karra Oltin to'p sohibi sanaladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru