JCH-2013. Natan: "BAAdan jiddiy qarshilik kutgan edik"

Kecha BAA o'smirlarini yirik hisobda mag'lubiyatga uchratgan Braziliya o'smirlar terma jamoasining hujumchisi, turnir to'purari bo'lib turgan Natan "Al Jazira" TVga qisqacha intervyu berdi.
- BAA Osiyo vakili bo'lsada, jahon chempionati mezboni. Shuning uchun ular bilan bo'lib o'tadigan o'yinga alohida tayyorgarlik ko'rgan edi. Bu musobaqada men va jamoadoshlarimning o'yini o'xshayapti va biz yirik hisobda g'alabalarga erishyapmiz. Oldimizda yana 4ta o'yin bor. Agar ularda ham g'alaba qozonadigan bo'lsak musobaqa g'olibiga aylanamiz. Ammo guruh o'yinlaridan kelib chiqib yakuniy xulosaga kelish kerak emas. Asosiy o'yinlar pley-off bosqichida boshlanadi.


Manba: championat.asia