Jahongir Mehmonov haqidagi filmni o'tkazib yubormang!

Aziz Tukhtamuradov
20 iyul 2014
Yaqinda Farg'onadagi "Ruhsor" teleradiokanali ijodkorlari "Neftchi" futbolchisi Jahongir Mehmonov haqida film yaratdi.

Film ijodkorlari Namanganga safar uyushtirib, "Navbahor" markaziy stadionida futbolchi va uning ilk murabbiylari bilan suhbat o'tkazgan. Qolaversa Jahongir Mehmonovning xonadoniga borib, uning oila a'zolari bilan ham ajoyib suhbatlar uyushtirilgan.

Xullas ming marta eshitgandan ko'ra, bir marta ko'rgan yaxshi. Shu bois 22 iyul. seshanba kuni soat 20:10da "Ruhsor" teleradiokanali orqali ko'rsatiladigan mazkur filmni o'tkazib yubormang.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: fcneftchi.uz