"Zenit" Gedesh uchun "Valensiya"ga 20 million evro taklif qildi

Alisher
25 iyul 2021
"Valensiya" forvardi Gonsalu Gedesh "Zenit"ga o'tishga yaqin.

Peterburg klubi 24 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun 20 million evro to'lashga tayyor. Shartnomaning tafsilotlari keyingi hafta boshida hal etiladi.

"Zenit" Gedeshning o'ziga 3 yillik shartnoma va bir mavsum uchun 2,2 million evro miqdorida maosh taklif qildi.

Gedesh o'tgan mavsum "Valensiya" tarkibida 34ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 7ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Tuttocalciomercato24