Zelinski: "Napoli" har qanday jamoa bilan o'ynay oladi. Endi qolganlar bizdan qo'rqishi kerak"

Sherzod Nurmatov
16 mar 2023
"Napoli" yarim himoyachisi Pyotr Zelinski Chempionlar Ligasi 1/8 finali javob uchrashuvida "Ayntraxt" ustidan qozonilgan mag'lubiyatdan so'ng (3:0) fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Neapolliklar klubi 2:0 va 3:0 hisobidagi ikkita g'alaba evaziga turnirning chorak finaliga yo'l oldi.

"Biz har qanday jamoaga qarshi yaxshi o'ynay olamiz, endi boshqa jamoalar bizdan qo'rqishi kerak. Bizni doimo qo'llab-quvvatlaydigan klub va muxlislarimiz uchun xursandmiz. Biz baxtiyormiz, ammo ko'proq narsaga erishishimiz mumkinligini bilamiz", – dedi Zelinski.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Tribal Football