Zabihillo O'rinboev: "Yaxshi tiklanib olsak, "Paxtakor"ga jang taklif qilamiz"

Mirjalol Normatov
6 mar 2026
"Navbahor" hujumchisi Zabihillo O'rinboev Superliganing 2-turi doirasida "Buxoro"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

- Bugun "Navbahor"dan barcha g'alaba kutgandi. Biroq aksi bo'lib chiqdi. O'yin haqida nimalar deya olasiz?

- Biz ham g'alaba uchun o'yinga chiqqandik. Bizning vaziyatlar darvozaga kirishni istamadi. Raqib darvozaboni yaxshi o'ynadi, buni etirof etmasa bo'lmaydi. Bittagina standartdan gol o'tkazib yubordik. Hamma kutgan g'alaba uchun chiqqandik. Bu ham Ollohning bir kuni. To'xtash yo'q, chempionat endi boshlandi. Keyingi o'yinlarda astoydil o'ynashga harakat qilamiz.

- Birinchi turda kuchli raqib - "Dinamo" maydonida g'alabaga erishilgani jamoaga ortiqcha xotirjamlik berib yubormadimi?

- Yo'q. Hozir chempionatning boshi. Hech qanday xotirjamlik bo'lgani yo'q. Chunki oldindagi 4-5ta turda barcha jamoa o'zini ko'rsatishga harakat qiladi.

- 3-turda jamoa "Paxtakor"ga qarshi o'ynaydi. Ushbu mag'lubiyatdan keyin jamoa o'zini tiklab, syurpriz yarata oladimi?

- "Paxtakor"ga qarshi doimo principial o'yin bo'lgan. Bu raqibga qarshi futbolchini individual tayyorlashning ham keragi yo'q.  Bu hech qanday qiyinchilik tug'dirmaydi deb o'ylayman. Asosiysi - yaxshi tiklanib olsak, "Paxtakor"ga jang taklif qilamiz.

- Bir gol va bir assist bilan mavsumni yaxshi boshladingiz. Mavsum davomida nechta gol urishni maqsad qilgansiz?

- Oldinga qo'yilgan maqsadga erishmaguncha, aytma deyishgan. O'zimga yarasha maqsadlarim bor. Kuch-quvvat bersa, shu maqsadim sari harakat qilaman. Ilk navbatda jamoa bilan maqsadga erishish.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia