"Yuventus" yaqin vaqt ichida Pyanich transferini e'lon qiladi

Aslanov Jasurbek
9 avg 2021, 19:17
"Barselona" yarimhimoyachisi Miralem Pyanich yaqin orada "Yuventus"ga qaytishi mumkin.

Tomonlar kelishuvni yakunlash arafasida turibdi. Turinliklar 31 yoshli futbolchini mavsum so'ngiga qadar ijaraga olmoqchi, shartnoma keyinroq yana bir yilga uzayishi mumkin.

Pyanich A Seriya va moliyaviy feyr-pley talablariga javob berishi uchun "Yuventus"da maoshini 20 foizga qisqartirishga rozi bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS