Miralem Pyanich: "Rossiya chempionatida yosh va jismonan kuchli futbolchilar anchagina"

Omonjon To`xtamirzayev
3 okt 2024
SSKA klubining yangi a'zosi yangi chempionat haqida taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Hozir menda moslashish jarayoni ketmoqda, yangi jamoadoshlarim o'rganyapman. Jismonan o'zimni yaxshi his qilyapman. Bu erdaligimdan baxtliman. 

Rossiya chempionatida yosh va jismonan kuchli futbolchilar anchagina, ancha murakkab liga. Jamoaga foydam tegishi uchun bor kuchimni ishga solaman", - deya Pyanich so'zlaridan iqtibos keltiradi "Match TV".

Eslatib o'tamiz, kuni-kecha Miralem SSKA safida debyut qildi. Futbolchi Rossiya Kubogi doirasida "Pari NN"ga qarshi g'alabaga (2:0) o'z hissasini qo'shdi. 

Moskva klubi bosniyalikni erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib oldi. Bungacha Miralem BAAda "Sharja" sharafini himoya qilgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Матч ТВ